Galaxy A32 namoyish qilindi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni!

  •   DiMaX
  •  9669
  •  14.01.2021 11:02

Galaxy A32 namoyish qilindi: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni!

Samsung kompaniyasi 13 yanvar kuni Galaxy A32 5G rusumli yangi telefonini taqdim etdi. Ushbu model janubiy koreyalik texnogigantning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi eng arzon qurilmasi sifatida maydonga tushmoqda.

O‘QING: 5000 mAs akkumulyatorli Galaxy M02s kutilganidan ham arzon narxda chiqdi!

Shunday qilib, Samsung Galaxy A32 ekrani diagonaliga 6,5 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 720p+ formatida. Uning tomchisimon kemtigiga 13 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Ishlab chiqaruvchi bu smartfonning protsessori sakkiz yadroli bo‘lib, 2,0 GGs takt chastotasida ishlashini aytgan; manbalarga ko‘ra, bu Dimensity 720 chipsetidir. Galaxy A32 5G xaridorlarga 4, 6 va 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan taklif etiladi. Ularning barida doimiy xotira 128 gigabaytlik bo‘lib, smartfonda yana MicroSD-karta sloti ham mavjud.

Galaxy A32 akkumulyatori 5000 mA/soatlik va u USB-C porti orqali 15 vattlik tezkor quvvatlanadi. Korpusning o‘ng qirrasiga barmoq izi skaneri joylangan.

Qurilmaning bosh kamerasi to‘rttalik bo‘lib, 48 megapiksellik asosiy datchigi F/1,8 diafragmali ob’yektiv bilan birlashgan. Keng burchakli kamera 8 megapiksellik aniqlikda bo‘lsa, makros’yomka uchun 5, sahna chuqurligini aniqlash uchun esa 2 megapiksellik modullar qo‘llangan.

Samsung Galaxy A32 5G to‘rt xil – Awesome Black, Awesome White, Awesome Blue va Awesome Violet ranglaridagi korpuslarda chiqariladi. Yevropada uni 12 fevraldan, 280 yevrodan boshlanuvchi narxlarda sotishadi.

O‘QING: O‘rta narxli bo‘lajak xit – Galaxy A52’ning bu jihati sizga ham yoqmaydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.