Galaxy A33 5G'ning akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Galaxy A33 5G'ning akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

O‘tgan hafta Galaxy A33 5G'ning renderlari e’lon qilinib, smartfonning dizayni qanday bo‘lishi ma’lum bo‘lgan edi. Biroq smartfoning texnik jihatlari haqida hech qanday ma’lumot berilmagan edi. 

O‘QING: Galaxy A33 5G'ning renderlari e’lon qilindi 

Safety Korea'ning ma’lumotlariga ko‘ra, qurilmaning akkumulyator hajmi avvalgi avlod A32 smartfoniki bilan bir xil bo‘ladi. Akkumulyatorning model raqami EB-BA336ABY bo‘lib, u 5,000 mAs sig‘imga ega. Smartfonning quvvatlanish tezligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Galaxy A33 5G smartfoni 6.4 dyuymli FullHD+ Super AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Qurilmaning orqa panelida to‘rta kamera joylashadi. Selfi kamera esa displey yuqori qismining o‘rtasidan o‘rin oladi. 

Oldingi avlod A32 smartfoni bilan taqqoslasak A33'ning kameralar joylashuvi o‘zgarmaydi. Biroq A32'dan farqli o‘laroq yangi smartfonning kamera moduli korpusdan bo‘rtib chiqib turadi. 

Qurilmaning korpus qalinligi 8.1 mm. Quvvat hamda ovozni sozlash tugmalari smartfoning o‘ng tomonida, USB-C porti esa pastki qismda joylashadi. Smartfondan 3.5 mm audio jek olib tashlanadi. 

Galaxy A33 5G kelasi yilning yanvar oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Smartfon to‘rt xil rangda sotuvga chiqadi. Ushbu smartfoning 4G versiyasi ishlab chiqarilmaydi.

O‘QING: OnePlus 10 cyeriyasining renderlari hamda texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!