Galaxy A33 5G'ning akkumulyator sig‘imi va necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Galaxy A33 5G'ning akkumulyator sig‘imi va necha vattda quvvat olishi ma’lum bo‘ldi

Ushbu yilda ishlab chiqariladigan A seriyadagi smartfonlar FCC sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. Ushbu jarayon Galaxy A33 5G'ning ayrim texnik jihatlarini oshkor qildi. 

Qurilma model raqami SM-A336B bo‘lib, u 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Qurilma 25 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Smartfonda microSD uyasi va 3.5mm audio jek bo‘lmaydi. Avvalgi ma’lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, qurilma 6.4 dyuymli displeyga ega bo‘ladi. 

Galaxy A33 5G taxminan shu yilning birinchi choragida taqdim etiladi. 

O‘QING: Galaxy S22 Ultra'ning yangi renderlari e’lon qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!