Galaxy A34 5G Geekbenchʼda qo‘lga tushdi

Galaxy A34 5G Geekbenchʼda qo‘lga tushdi

Galaxy A34 5G modeli mish-mishlarda Exynos 1280 chipiga ega bo‘lishi aytilayotgan edi. Biroq ushbu qurilma Geekbench'da boshqa chip bilan ko‘rinish berdi. 

Smartfon SM-A346B model raqamida bo‘lib, undagi chipset ma’lumotlar bazasiga MT6877V/TTZA nomi bilan kiritilgan. Bu MediaTek kompaniyasining Dimensity 1080 chipi hisoblanadi. Olti nanometrli ushbu chipset 2 ta 2.6 gigagertsli Cortex-A78 hamda 6 ta 2 gigagertsli Cortex-A55 yadrolariga ega. 

Testdagi model Android 13 operatsion tizimida ishlaydi. Uning tezkor xotirasi 6GB bo‘lib, bir yadroli testda u 786 ball, ko‘p yadroli testda esa 2294 ballni qo‘lga kiritdi. Xuddi shu chip bilan jihozlangan Realme 10 Pro+ modeli bundan yaxshiroq natijani qayd etgan edi. Biroq testdagi Galaxy A34 sotuv uchun mo‘ljallanmagan model hisoblanadi. Sotuv uchun mo‘ljallanmagan model bundan balandroq natijaga erishishi mumkin. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Galaxy A34 5G tashqi ko‘rinishidan A33 5G modeliga o‘xshaydi. Farqli tomoni - yangi modelda sath sensori bo‘lmaydi hamda orqa paneldagi uch kamera bo‘rtib chiqib turgan modulda birlashmaydi. 

Samsung yangi Galaxy A smartfonlarini Hindistonda 18 yanvar sanasida taqdim etadi. Garchi kompaniya qaysi qurilmalar ushbu sanada taqdim etilishini oshkor qilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik buni Galaxy A34 5G va A54 5G modellari deb taxmin qilmoqda.

O‘QING: iPhone 15 Pro modellarida jismoniy tugmalar bo‘lmasligi aytilmoqda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!