Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G hali taqdim qilinmasidan avval qutidan ochib ko'rsatildi!

Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G hali taqdim qilinmasidan avval qutidan ochib ko'rsatildi!

Samsung rasman o'zining yangi Galaxy A34 va Galaxy A54 5G smartfonlarini taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Kompaniya taqdimotni bir necha kundan so'ng o'tkazishni rejalashtirgan, lekin endi taqdimotni kutib o'tirishingizga hojat yo'q – Internetda bo'lajak Galaxy A smartfonlarining qutidan ochib ko'rsatilgan videosi paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, vetnamlik YouTube kanal egasi Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G smartfonlarini taqdimotidan avval qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan. U o'zining videosi smartfonlarning qadoqlanishi, dizayni va ayrim texnik xususiyatlarini oshkor qiladi.

Birinchi bo'lib Galaxy A34 5G modelidan boshlaydigan bo'lsak, videoda uning yorqin ranglarda tovlanadigan oq rangda ko'rishimiz mumkin. Smartfon dizayni avval tarqatilgan renderlardagi dizayn bir xil: hech qanday kamera orolsiz joylashtirilgan uchlik kamera o'tgan oy taqdim qilingan Galaxy S23 smartfoni kamerasi stilida. Ehtimol ularni orqa tomondan ajratish qiyin. Old tomonda esa ekranni har doimgidek Infinity-U ramkasi o'rab turadi. Videoda qurilma simli naushnik uyaga ega emasligini ko'rishimiz mumkin.

Och yashil rangli Galaxy A54 5G modeliga keladigan bo'lsak, u ham kichik model bilan deyarli bir xil dizaynga ega. Ularni faqat old ekran ramkasidan ajratib olish mumkin – yuqori model Infinity-O dizaynidagi ramkaga ega.

Ikkala smartfonlarning ham orqa tomoni plastik bilan qoplangan. Shuningdek, qurilmalarning plastik ramka o'rab turadi.

Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G smartfonlari 16-mart kuni Hindistonda taqdim qilinishi kutilmoqda.