Galaxy A34 va A54 old tomonidan ko'rsatilgan rasmiy renderlar tarqatildi!

Galaxy A34 va A54 old tomonidan ko'rsatilgan rasmiy renderlar tarqatildi!

Shu kunlarda barcha e'tiborlar Galaxy S23 smartfonlariga qaratilgan bir paytda, Evan Blass (@evleaks) ikkita hali taqdim qilinmagan Samsung smartfonlari old tomoni renderlarini ulashdi. Katta ehtimol bilan rasmiy bo'lgan ushbu renderlar Galaxy A34 va Galaxy A54 smartfonlariga tegishlidir.

Bu yerda selfi kamerasi ekran ramkasidan uzilgan dizaynga (Infinity-O) ega smartfon Galaxy A54 bo'lsa, ikkinchi Infinity-U dizaynidagi Galaxy A34 smartfoni ekanligi shubhasiz. Ikkala smartfonlarga qarab shuni sezish mumkinki, Galaxy A54 boshlang'ich modelga qaraganda qalinroq ramkalarga ega, garchi u undan qimmatroq bo'lsa ham. Shuningdek, renderlarda smartfonlarning yangi laym mevasi ranggida ekanligini ko'rishimiz ham mumkin.

Avvalgi mish-mish va renderlardan shunisi ma'lumki, ikkala smartfonlar ham uchlik kameraga ega bo'ladi, ya'ni ulardan bitta kamera sensori olib tashlangan.

Smartfonlar Galaxy S23 smartfonlaridan ham avvalroq yoxud kelayotgan 18-yanvar kuni Hindistonda taqdim qilinishi kutilmoqda.

O'QING: Samsung Uzbekistan rasman Galaxy Unpacked'ning aniq sana va vaqtini e’lon qildi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.