Galaxy A5 – «Malika»da eng ko‘p sotilayotgan, o‘rta narxdagi Samsung

Galaxy A5 – «Malika»da eng ko‘p sotilayotgan, o‘rta narxdagi Samsung

Ishlab chiqaruvchi: Samsung kompaniyasi

Taqdim etilgan vaqti: 2016 yil, yanvar

2015 yil smartfon bozorida ommalashgan va Samsung kompaniyasiga muvaffaqiyat olib kelgan “A-turkum”iga xos mobil aloqa vositalari orasida Samsung Galaxy A5 “aqlli telefoni” bestseller degan nomga munosib bo‘ldi. Samsung aynan shu sababli ham, bu “aqlli” telefonni 2016 yilda yangicha talqin va keng imkoniyatlar bilan boyitib, axborot texnologiyalari bozoriga chiqardi.

Smartfon ishqibozlari mazkur mobil aloqa vositasiga ikki omil sabab qiziqish bildirishmoqda: birinchidan — uning avvalgi mavsum flagmanlarga xos tashqi ko‘rinish va ikkinchidan — keng va yorqin, yirik ekran diagonaliga ega ekanligi.

Qolaversa, A-seriyasida ishlab chiqarilayotgan smartfonlarning nafis va o‘ziga xos dizayni uni qo‘lga olayotgan mijozlarning didini zabt etmoqda.  2016 yil Samsung A-turkumi mobil telefonlari savdosini kengaytirish, uni muvaffaqiyatli Samsung Galaxy S6 falgmani darajasiga yaqinlashtirish tadbirlarini ko‘rdi va bu o‘zining samarasini bermoqda.

Samsung Galaxy A5 smartfoni tashqi jihat va korpus materiallariga ko‘ra, hamyonbop bo‘lgan J-seriyasidagi smartfonlar bilan bir xil. Biroq, A-turkumidagi “aqlli telefon”larning ichki imkoniyatlari kuchli va keng.

Mubolag‘asiz aytish mumkinki, Samsung Galaxy oilasiga mansub mobil aloqa vositalari ichida A-turkum smartfonlari flagman va hamyonbop telefonlar o‘rtasida, ya’ni “oltin o‘rtalik”dagi gadjet. Hadeb, so‘nggi texnologiya ortidan chopmaydigan, super darajadagi tezkorlikka ehtiyoj sezmaydigan, kundalik rejasi virtual reja hamda vazifalarga to‘lib-toshmaydigan, qulay interfeys, shu bilan birga uzoqqa yetadigan va tezkor quvvat oladigan akkumulyatorni afzal ko‘radigan foydalanuvchi uchun Samsung Galaxy A5 ayni muddaodir.

Aniqroq aytganda, Galaxy A5 2016 sifatli va barqaror imkoniyatlarga ega. Ular kamida keyingi 2-3 yil mobaynida o‘zining egasini ehtiyojlariga xizmat qiladi. Ayniqsa, 2016 yilgi talqinda barmoq izlari skanerining tatbiq etilgani, yanada ilg‘or ekran bilan ta’minlangani gadjetning bozorbopligini ta’minlagan.

Bugungi kunda “Malika” savdo markazida Galaxy A5 2016 mobil aloqa vositasi 1, 984, 000 so‘mdan sotilmoqda. Unga nisbatan yaqinroq istarali Samsung Galaxy S6 esa undan kamida 1 million qimmatroq ekanini hisobga olsak, flagmandan imkoniyat past, ammo u 3 yil avvalgi an’ana va innovatsiya mahsuli bo‘lgan Apple iPhone 5S flagmani bilan deyarli raqobatga kirisha oladi.

Qisqacha texnik tavsif

Operatsion tizim: Android 5.1.1., ayni paytda Android 6.

Ekran: 5.2 dyuym, AMOLED, 1080 x 1920 piksel (424 ppi), SuperAMOLED, Corning Gorilla Glass 4, 2.5D bezak va himoya shishasi.

Xotira: 2 GB tezkor xotira, 16 GB doimiy ichki xotira, (foydalanuvchi uchun 10.7 GB joy tegadi), shuningdek microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 128 GB.gacha fleshkani o‘qiydi.

Platforma: 8 yadroli Exynos 7580 protsessori, 1.6 GGs chastota tezligi, grafik protsessor (videokarta) Mali T720.

Akkumulyator: Li-Pol turidagi, 2900 mA soat, tezkor quvvatlash tizimi, ya’ni 105 daqiqada to‘liq quvvat oladi. Bu smartfonga 14 soat video o‘qish, 14 soat 3G yoki LTE aloqa tarmog‘idagi suhbat, o‘rtacha 16 soat muloqot qilishi imkonini beradi.

Kamera: Old kamera 5 megapikselli (f/1.9), bosh kamera 13 megapikselli (f/1.9), LED-fotochaqnoq, avtofokus tizimi, Full HD sig‘imli video.

Aloqa: GSM/ GPRS/ EDGE/ 3G/ LTE. Shuningdek,  NFC yaqin masofada aloqa o‘rnatish (LTE’ga mo‘ljallangan modeli uchun).

FM-radio: bor.

Qo‘shimcha sensor va datchiklar: barmoq izlari skaneri, akselerometr, geomagnit datchik, Xoll datchigi, oraliq-masofa datchigi, tashqi yorug‘lik datchigi.

SIM-karta: 2 ta nanoSIM-karta, ularning biriga qo‘shimcha xotira kartasini o‘rnatish mumkin.

Interfeys: USB 2.0, BT 4.1, ANT+, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n 2,4+5,0 GGs, HT40, Bluetooth 4.0, GPS/A-GPS, Glonass.

Korpus rangi: tillarang, qora, oq, och pushti.

O‘lchamlari: 144.8 x 71 x 7.3 mm, og‘irligi – 155 gramm.

 

Samsung Galaxy A5: Dizayn, o‘lcham va boshqaruv elementlari

Qayd etilganidek, Galaxy A5 2016 dizayn yechimi kompaniyaning misli ko‘rilmagan darajada ommalashgan Galaxy S6 smartfonidan ko‘chirilgan. Metall korpus, nafaqat old, shuningdek orqa panel ham shisha qobiqqa ega. Shisha va metall uyg‘unligidagi korpus 2016 yilda smartfon bozori marketingida muhim ahamiyat kasb etdi, deyish mumkin. Bukik shaklga ega 2.5D bezak va Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi smartfon ekranini urilish va urinishlardan himoya qiladi.

Galaxy A5 2016 mobil aloqa vositasi maksimal darajadagi keng auditoriyani qamrab olishga mo‘ljallanganini hisobga olib, uni tillarang, qora, oq va och pushti ranglarda ishlab chiqarilmoqda. Har bir talqindagi korpus quyoshda tovlanib, metallga xos hasham namoyon bo‘ladi. Korpusning orqa paneli barmoq izlariga o‘chroq, ayniqsa ichkari sharoitda ular tez ko‘zga tashlanadi.

Galaxy A5 2016 korpusidagi nishabliklar tufayli u kaftga oson joylashadi.

Galaxy A5 2016 o‘lchamlari – 144.8 x 71 x 7.3 mm, og‘irligi esa – 155 gramm. Korpusda foydalanilgan alyuminiy materiali, boshqa xomashyolar sifatli. Smartfonning yig‘ilishi sifati ham yuqori darajada: foydalanuvchi korpusning pishiq va mustahkam ekanini his qiladi.

Metall rom va orqa shisha qobiq Galaxy A5 2016 dizayniga zamonaviy uslub bag‘ishlaydi. Siz go‘yo qo‘lingida Sony’ning Xperia Z turkumiga kiruvchi yetakchi flagmanlarini tutib turganday bo‘lasiz. Ammo ulardan farqli ravishda, uning rom hoshiyalari bir oz yassi.

Galaxy A5 2016 korpusining yuqori tom qismida qa quyi qismidan o‘rin olgan mikrofonda tashqi shovqinni pasaytirish tizimi mavjud bo‘lib, vazifasini a’lo darajada uddalaydi.

Galaxy A5 2016 korpusining chap tomonidan ikkita alohida ovozni boshqarish tugmalari o‘rin olgan. Korpusning yon tomonida esa o‘chirib-yoqish tugmasi uchun joy ajratilgan. Xuddi shu yerda 2 ta SIM-karta (nano) bo‘lmachasi majud. Foydalanuvchi ulardan birini qo‘shimcha xotira kartasi uchun foydalanish ham mumkin.

Samsung Galaxy A5’da barcha tugmalar metall xomashyosidan ishlangan va osonlik bilan bosiladi.

Korpusning orqa panelida, yuqori qismida 13 megapikselli kamera uchun joy ajratilgan. Uning yonida esa svetodiodli fotochaqnoq mavjud. Korpusning quyi qismida naushnik ulash uchun 3.5 mm audio konnektor, shu bilan birga ovoz uzatuvchi dinamiklar mavjud. Aynan shu yerda Micro-USB porti ham majud.

3

Galaxy A5 2016 korpusining old qismida ekranning yuqori tomonida oraliq-masofa hamda tashqi yorug‘lik sensorlarini ko‘ramiz. Ekranning ostida esa moddiy bosh menyu tugmasi va uning ikki yonida 2 ta sensor tugmalarni ko‘ramiz.

Samsung Galaxy A5 2016 o‘zining avvalgi “ajdodi”dan farqli ravishda, barmoq izlari skaneri bilan ta’min etilgan. Mazkur sensor esa moddiy ko‘rinishdagi bosh menyu tugmasi (Home)dan o‘rin olgan.

Mazkur skaner tezkor va aniq ishlash ko‘nikmasiga ega. Barmoq izlari datchigi ishlashi uchun telefonni “uyg‘otish” kerak bo‘ladi.  iPhone 6s Plus bilan solishtirib ko‘rganda, albatta iPhone 6s Plus’da sensorning ishlash tezligi bir oz yuqori.

Galaxy A5 2016 dizaynining muhim o‘ziga xosligi — uning ekran atrofidagi o‘ta ingichka romlari bo‘lib, bu ekran jozibasini yanada ochadi. Misol uchun, iPhone 6s Plus bilan solishtirib ko‘rganda, Galaxy A5 2016 ekrani zamonaviyrof bo‘lib tuyilishi mumkin.

 

Samsung Galaxy A5: Displey va ekran texnologiyasi

Ekranning texnik o‘ziga xosliklari: 5.2 dyuymli, 1080x1920 belgi (424 ppi), SuperAMOLED, Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi, 2.5D bezak hoshiya shishasi.

2015 yildagi Galaxy A5 ekrani 5 dyuym bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilgi talqin 5.2 dyuymli. Ekranning tasivr sig‘imi ham HD’dan  Full HD’ga oshgan. Lekin, ekran sig‘imining ko‘tarilishi ko‘proq quvvatning yeyilishi va samaradorlikning qisqarishiga sabab bo‘ladi.

2015 yil smartfon bozorida displeyga alohida urg‘u qaratildi. Jumladan, deyarli barcha yetakchi smartfon ishlab chiqaruvchilari flagmanlariga  AMOLED-matritsani tatbiq eta boshladilar. Ilk marotaba Samsung joriy qilgan bu ilg‘or texnik yangilik ko‘pchilik foydalanuvchilarga manzur bo‘ldi. Samsung ham o‘zining smartfonlarini mazkur yangilik bilan ta’minlab kelmoqda.

Super AMOLED matritsasi aktiv organik  svetodiodlardan tashkil topgan. To‘liq rangli tasvir uchta subpikselli ranglar ishtirokida paydo bo‘ladi — qizil (R), yashil (G) va ko‘k (B). Ammo, bu matritsada yashil rang subpiksellari 2 marotaba ko‘proq va shu bois ham uning rang uzatishi RGBG matritsasidan sifatli.

Bu sifat farqini quyidagi suratda farqlab olishingiz mumkin:

A5 2016 smartfoni ekrani sifatli va yorqin bo‘lib, ishda, ya’ni matn o‘qishda yoki surat tomosha qilishda ham undan ichki yoki tashqi sharoitda bemalol foydalanish mumkin.

An’anaga ko‘ra, foydalanuvchi undagi sozlamalar yordamida turli rang-tasvir rejimlarini o‘rnatishi mumkin. Misol uchun, moslashtirilgan ekran, Film AMOLED, Foto AMOLED, asosiy rejim.

Kimdir bo‘g‘iq, kimdir yorqin rangni ma’qul ko‘radi. Buni tanlashni esa ishlab chiqaruvchi har bir foydalanuvchining o‘ziga havol qiladi.

Yorug‘likni avtomatik boshqarish aniq ishlaydi. Ekran mazkur tizimga ko‘ra o‘zidagi yorug‘likni sozlab boradi. Ko‘chada ham ushbu rejimda ekran sizga mutolaa qilish imkonini beradi.

Ekranning ilg‘orligi masalafiga kelsak, u FullHD sig‘imli. To‘g‘ri, Galaxy A5 (2016) flagmanlikka da’vo qilmaydi. Shu sababli ham unda QHD sig‘imli ekran joriy qilinmagan. Lekin, boshqa tarafdan bu kamchilik ko‘zga tashlanmaydi: smartfon ekrani aniq va yorqin, yuqori sifatli, to‘yingan rangli tasvir uzatadi.

Ekranning yuza qismi silliq shisha plastinasi bilan qoplangan. Bu uning timdalanish, tirnalish xavfini kamaytiradi. Ekranda foydalanuvchi  ko‘zini olishga qarshi funksiya mavjud.

Samsung Galaxy A5 ekrani barmoq izlariga chidamli maxsus qoplamaga ham ega. Shu sababli ham, barmoq va yog‘-dog‘lar kam aks etadi va oson artiladi.

Ekran maksimal darajadagi yorqinlik va shu bilan birga ko‘zni olmaydigan jihattga ega. Qorong‘u sharoitda ham uni ko‘zga qulaylashtirib olish mumkin.

Alohida qayd etish lozimki, Galaxy A5 (2016) smartfon bozrining eng yaxshi ekranli gadjetlari sirasiga kiradi.

 02

Samsung Galaxy A5: Platforma va samaradorlik

Smartfon 8 yadroli SoC Exynos 7580 Octa protsessorida ishlaydi. To‘g‘ri, bu ilg‘or protsessor emas. 1,6 GGs chastota tezligidagi Cortex-A53 hamda GPU Mali-T720MP2 videokartasi smartfon platformasining samarali ishlashiga xizmat qiladi.

A5 2016’ning Qualcomm Snapdragon 615 protsessoriga ega talqini ham bor. Aytish kerakki, bu ham yetakchi protsessor emas. Ammo, Exynos 7580 Octa’dan yaxshiroq.

Exynos 7580 protsessori A5’dagi samaradorlikni oshirdi.  Shu narxdagi boshqa smartfonlarga qaraganda A5 2016 maksimal darajadagi samaradorlikka ega. Faqat LTE tarmog‘ida ma’lumot almashilgandagina smartfonning qizishiga guvoh bo‘lish mumkin.

Galaxy A5 2016 samaradorlik bo‘yicha Huawei Honor 5X’dan o‘zib ketsa ham, LG Nexus 5X’ga yutqazib qo‘yadi.

2 GB hajmdagi tezkor xotiradan foydalanilgani sababli yirik ilovalarni o‘qishda ham smartfon platformasida uzilishlar kuzatilmaydi.

Mobil aloqa vositasidagi doimiy ichki xotira 16 GB (10.7 GB foydalanuvchiga tegishli). Shu bilan birga, qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi 128 GB fleshkani qo‘llab-quvvatlaydi. Hatto ba’zi Samsung flagmanlari ham buni orzu qiladi.

Samsung Galaxy A5: Akkumulyator

Quvvat manbai doimo smartfoninng ishlash vaqti bilan taqqoslangan.  Galaxy A5 (2016) apparatida sig‘imi 2900 mA soat (Li-Pol) bo‘lgan akkumulyatordan foydalanilgan. Ha, hatto Xitoy smartfonlari ham hozir bu sig‘imli quvvat toshlaridan voz kechishgan. Hattoki, Xitoy 6000 mA soatli akkumulyatorga ega smartfonlar ishlab chiqarmoqda.

Ammo, amalda esa samsung smartfoni aslida o‘zining ilg‘or ekanini isbotlashi mumkin. Misol uchun, 3000 mA soat sig‘imli Xitoy smartfonlari AVI, FullHD, MX Player kabi sig‘imdagi videolarni maksimal yorug‘lik bilan 5-7 soat o‘qisa, A5 2016 smartfonida bu videolarni 14 soat uzluksiz o‘qiy oladi.

A5 quvvat manbai internetdan, ijtimoiy tarmoqlardan va boshqa maqsadlarda o‘rtacha foydalanganda 2-3 kunga yetadi.

Qo‘ng‘iroq qilish va SMS yozish, internetdan ozroq foydalingan taqdirda to‘liq quvvat gadjetga 3.5 kunga yetadi. Nisbatan faol muloqotda bo‘lishni, ya’ni 3 soatlik faol ekran va 1 soatlik kunlik muloqotni xush ko‘rganlar uchun esa quvvat 2 kunga turib beradi. Bu nisbatan olganda yomon natija emas va foydalanuvchilar ehtiyojini qondiradi.

Va albatta, tezkor quvvat olish tizimi foydalanuvchining joniga ora kiradi. 105 daqiqa ichida akkumulyatorning o‘z quvatini to‘ldirib olishi, 30 daqiqa orasida quvvatni yarimdan oshirishi barchani mamnun qiladi.

Shu bilan birga, Galaxy A5 (2016)’da quvvatni tejash funksiyasining borligi quvonarli hol. Ekran osti yorug‘ligini kamaytirish, protsessor chastotasini kamaytirish akkumulyator hayotini 20 foizga oshiradi.

Quvvat manbai jihatdan Galaxy A5 (2016) flagmanlarga xos ilg‘or ustunlikka ega.

Samsung Galaxy A5: Kamera imkoniyatlari

Old kamera 5 megapikselli, yorug‘lik sezuvchanligi f/1.9 bo‘lgan diafragmaga ega. Unda olingan selfi suratlar yomon emas, o‘rtacha.

Bosh kamera sig‘imi 13 megapiksel bo‘lib, 2015 yilning flagmanlariga xos sifatga va jihatlarga ega. Unda yaxshi va sifatli suratlar olish mumkin. Muhim jihati shundaki, takomillashgan foto-tizimda tunda olingan suratlar ham ko‘ngildagidek chiqadi. Ammo, unda flagmanlarga xos rejim va to‘liq  HDR rejimi yo‘q.

To‘g‘ri, sifatli flagman rasmlariga o‘rgangan ko‘zlar uchun suratlarda bir oz xiralik yoki soyalar sezilishi mumkin, ammo Samsung’ning o‘rta darajali smarftonlari uchun bu kamera yaxshi natija qayd etadi. Unda hujjatli yoki badiiy suratlar ham olish mumkin.

Quyida Galaxy A5 (2016) mobil aloqa vositasi kamerasida olingan suratlarga baho bering.

Samsung Galaxy A5: Operatsion tizim va dasturiy ta’minot

Garchi, Galaxy A5 (2016) Android 5.1.1 operatsion tizimida sotuvga chiqqan bo‘lsa ham, may oyidan boshlab bu tizimni Android 6 operatsion tizimiga yangilab olish imkoni yaratildi. Unda tizimning TouchWiz moslashtirilgan talqini mavjud. Xuddi shu operatsion tizimi Samsung S6 flagmanida tatbiq etilgan.

Yetakchi operatsion tizimlardan farqli ravishda, Galaxy A5 (2016) tizimida  FM-radio joriy qilingan.

Smartfonga ishlab chiqaruvchining Samsung App Store onlayn do‘konidan S Health kabi foydali salomatlik ilovasini, bolalar rejimi va boshqa vaqtni unumli o‘tkazish mumkin bo‘lgan ilovalarni yuklab olsa bo‘ladi.

KNOX tizimi orqali har qanday dasturni 2 nusxada o‘rnatish mumkin. Misol uchun, birgina smartfonda WhatsApp’ni 2 nusxada, har bir sim-karta uchun alohida o‘rnatish mumkin.  Hali biror smartfon bir vaqtning o‘zida 2 ta messenjerdan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkoniyatini bermagan. Bu Samsung’ga xos ilg‘orlik.

Samsung Galaxy A5: Taassurot va xulosa

Aloqa sifati yuqori, qo‘ng‘iroq tovushi va ovoz uzatish yaxshi: uni sumka yoki kiyim ichidan ham bemalol eshitish mumkin. Shovqinni kamaytirish tizimi a’lo darajada ishlaydi.

Korpus materiali, shisha va metall uyg‘unligi, kaftda qulay turishi, korpusning turli rangda ekani foydalanuvchini o‘ziga jalb qiladi.

Quvvatning uzoq vaqtga yetishi va 14 soatlik videoni uzluksiz o‘qiy olishi, tezkor quvvat olish tizimiga egaligi bilan Samsung juda “quvvatdor” smartfon yaratishga muvaffaq bo‘lgan.

Qolaversa, uning narx-navosi ham u qadar yuqori emas. Smartfon xalqaro bozorda $200 dollardan sotilmoqda. Ya’ni, Galaxy A5 (2016) imkoniyatlari darajasidan pastroq narxlangan. Uch yil avval ishlab chiqarila boshlangan iPhone 5s’dan ancha arzon.

Samsung Galaxy A5 2016 kamchiliklari qatoriga apparat platformasining bir oz kuchsizligini kiritish mumkin. Unda grafikaga juda boy zamonaviy o‘yinlarni uzilishilar bilan o‘ynash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, Galaxy A Samsung brendini yaxshi ko‘radigan, unga ishonadigan va mablag‘ini ko‘rkam hamda foydalansa bo‘ladigan odamlar qatlami uchun ishlab chiqarilgan.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

http://asaxiy.uz/ 2, 112, 000 сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!