Galaxy A50 o‘rta narxli bo‘lsa-da, 5G tarmog‘ida ishlay oladi!

  •   DiMaX
  •  2607
  •  20.02.2019 11:43

Galaxy A50 o‘rta narxli bo‘lsa-da, 5G tarmog‘ida ishlay oladi!

Samsung kompaniyasi o‘rta narxli Galaxy A turkumidagi navbatdagi smartfonlarini imkon qadar arzon chiqarishga harakat qilayotir. Ulardan ayrimlarining xususiyatlari haqida ma’lumotlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy A50, Galaxy A30 va Galaxy A20 smartfonlari ilk «jonli» suratlarda!

Slashleaks resursi e’lon qilgan hujjatga ko‘ra, Galaxy A50 modelini Samsung turli versiyalarda ishlab chiqaradi va ulardan biri beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.

Guvohi bo‘layotganingizdek, SM-A505GN/DS model raqamli qurilma ikkita SIM-karta uyachasiga ega. Exynos 9610 chipli Galaxy A50 barmoq izi skaneri ekraniga joylanadi. Uning asosiy kamerasi 25, 8 va 5 megapiksellik uchta, old kamerasi esa 25 megapiksellik yakka moduldan iborat.

Galaxy A50 modelini Samsung kelasi haftadagi Mobile World Congress 2019 ko‘rgazmasida namoyish qiladi.

O‘QING: O‘rta narxli Galaxy A50: «jonli» suratlar, Geekbench natijasi va xususiyatlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!