Galaxy A51, A71, A81 va A91 smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  68717
  •  09.12.2019 17:12

Galaxy A51, A71, A81 va A91 smartfonlarining narxlari ma’lum bo‘ldi!

Samsung kompaniyasi 12 dekabr kuni Galaxy A turkumidagi yangi smartfonlarini namoyish etadi. Shu paytgacha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, unda kamida Galaxy A51 hamda Galaxy A71 modellarini ko‘ramiz.

O‘QING: Ilk «jonli» rasmlar Galaxy S11, S11e va Galaxy S11+ qiyofalarini fosh etdi!

Shuningdek, mazkur marosimda yana Galaxy A81 va Galaxy A91 modellari ham taqdim qilinishi kutilmoqda. Bu ikki qurilma ayrim mamlakatlar bozorlariga tegishlicha Galaxy Note 10 Lite hamda Galaxy S10 Lite nomlari ostida chiqarilishini aytishmoqda.

Yevropadagi ayrim onlayn do‘konlar allaqachon ushbu smartfonlarni o‘z tovarlari assortimentiga qo‘shib qo‘yishdi. Shuning evaziga biz ularning taxminiy narxlarini bilib olishga muvaffaq bo‘ldik.

Shunday qilib, Galaxy A51 uchun 375 yevro, Galaxy A71 uchun esa 470 yevro so‘rashyapti. Galaxy Note 10 Lite hamda S10 Lite modellari esa tegishlicha 610 va 670 yevroga baholangan. To‘rtala smartfonning ham savdosi 27 dekabrdan boshlanishi aytilgan, lekin shu paytgacha tarqalgan mish-mishlarda bulardan ikkitasi keyingi yildagina bozorga chiqishi aytilayotgan edi.

Allaqachon sotuvga chiqqan aksariyat Samsung telefonlarini esa 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan xarid qilish imkoni bor.

O‘QING: Samsung kompaniyasi 108 MPlik kamera borasida Xiaomi’ni boplagan ekan!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!