Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Galaxy A52'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Borgan sari Galaxy A seriya smartfonlarini bir so‘z bilan ta’riflash qiyin bo‘lib bormoqda. Galaxy A oilasida byudjetdan tortib flagman darajadagi smartfonlarni uchratish mumkin.

O‘QING: Samsung Galaxy A42 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Koreyalik texnogigant Galaxy A seriyasiga katta ahamiyat qaratmoqda. Ushbu seriya kompaniya sotuvining katta qismini tashkil qiladi. Bu muvaffaqiyatli natijani davom etishning bir yo‘li bor: raqobatdosh narxda yuqori darajadagi texnik jihatlarni taklif etish.

Bu yilgi Galaxy A32 hamda yaqinda taqdim etilgan Galaxy A52 va A72 smartfonlari o‘z narxiga arziydi. Ayniqsa, bu borada Galaxy A52'ni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Ushbu devaysning 4G 4/128GB versiyasi 412 dollar bo‘lsa, 6/128GB xotira turidagi 5G versiyasi 507 dollarni tashkil qiladi. Galaxy A52 5G Snapdragon 750G chipi va 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displeyga ega. Eng kichik tezkor xotira turi 6GBni tashkil qiladi.

O‘QING: Samsung Galaxy A02s/M02s'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Samsung Galaxy A52'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 159.9x75.1x8.4 mm, 189 g, rom va orqa panel plastikdan ishlangan, old tomon Gorilla Glass 5 bilan himoyalangan, IP68 chang va suvdan himoya (1 metrgacha 30 daqiqa)

> Displey: 6.50 dyuym SuperAMOLED, 90Hz yangilanish chastotasi, 800 nit yorqinlik, 1080x2400 rezolyusiya, 20:9 forma faktori, 405ppi piksel zichligi

> Chipset: Qualcomm SM7125 Snapdragon 720G (8nm): sakkiz yadroli (2x2.3 GHz Kryo 465 Gold & 6x1.8 GHz Kryo 465 Silver); Adreno 618

> Xotira: 4/128GB, 6/128GB, 8/128GB, 8/256GB; microSDXC (ikkita SIM-karta yoki bitta SIM-karta va microSD)

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, OneUI 3.1

> Orqa kamera: •Asosiy kamera: 64MP, f/1.8, 26mm, 1/1.7X", 0.8µm, PDAF, OIS; •Ultrakeng: 12MP, f/2.2, 123 ko‘rish maydoni, 1.12µm; •Makro: 5MP f/2.4; •Sath kamera: 5 MP, f/2.4

> Old kamera: 32MP, f/2.2, 26 mm (keng), 0.8µm

> Video yozuv: •Orqa kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30/120 kadr/sek.; giro-EIS; •Old kamera: 4K@30 kadr/sek., 1080p@30 kadr/sek.

> Akkumulyator: 4,500 mAs; 25 vatt tezkor quvvatlanish imkoniyati, 50% 30 daq. (reklamaga ko‘ra)

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (ekran ostida); 3.5 mm audio jek; ANT+.

O‘tgan yildagi Galaxy A51 smartfoniga qaraganda, bu yilgi A52 anchagina takomillashgan. Buni 90Hz ekran yangilanish chastotasi, IP67 standarti, stereo karnay va 4,500 mAs akkumulyator va 25 vattda zaryadlash imkoniyati, 64MP asosiy kameradan bilish mumkin. Bu texnik jihatlar Galaxy A52'ni flagmanlar qatoriga yaqinlashtirgan.

Qadoq tarkibi

Qurilma ikki bo‘lmadan iborat qadoqda sotiladi. Qutidan bir necha qo‘llanmalar, quvvatlash adapteri, USB-A-to-USB-C kabeli.

Smartfon 25 vattda zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Lekin qutidagi quvvatlagich 15 vattda zaryad beradi.

O‘QING: Samsung Galaxy S20 FE'ning to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!