Galaxy A53 5G'ning renderlari e’lon qilindi

Galaxy A53 5G'ning renderlari e’lon qilindi

Samsung kompaniyasi kelasi yilning boshida yangi Galaxy A53 smartfonini taqdim etadi. OnLeaks esa muxlislarni ko‘p kuttirmay smartfonning renderlarini taqdim etdi. 

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, A52 5G bilan taqqoslaganda yangi smartfonning tashqi ko‘rinishi unchalik o‘zgarmagan. Misol uchun, smartfon orqa panelidagi kamera moduli xuddi Galaxy A52'dagida bo‘lganidek joylashgan. 

Smartfonning qalinligi 8.14 mm, agar bo‘rtib chiqqan kamera modulini hisobga olsak, qalinlik 9.7 millimetergacha oshadi. 

Shuningdek, rasmdan Galaxy A53'da hech qanday audio jek yo‘qligini ko‘rish mumkin. O‘zgarishlar haqida gapiradigan bo‘lsak, yangi smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. 

Avvalroq Galaxy A53 5G oq, qora, havorang hamda to‘q sariq ranglarda sotuvga chiqishi ma’lum bo‘lgan edi. 

O‘QING: Galaxy A53 haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!