Galaxy A53 haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Galaxy A53 haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy A52 hamda A52 5G smartfonlarini shu yilning mart oyida taqdim etgan edi. Avgust oyida esa ushbu smartfonlarning yangilangan versiyasi - Galaxy A52s 5G smartfoni sotuvga chiqdi. 

Kompaniyaning navbatdagi Galaxy A53 smartfonini taqdim etishiga hali vaqt bor. Ammo ushbu smartfon to‘g‘risidagi ma’lumotlar hozirdanoq internet sahifalarida paydo bo‘lmoqda. 

GalaxyClub bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy A53 to‘rt xil rangda taqdim etiladi. Bular - qora, oq, ko‘k va qizg‘ish ranglardir. Biroq ranglar turi bundan ham ko‘p bo‘lishi ham mumkin. 

GalaxyClub avvalroq smartfon xuddi A52s kabi 64MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera hamda 5MP sath kamera bilan jihozlanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. 

Smartfonning o‘lchamlari hamda texnik jihatlari haqida ma’lumotlar hozircha mavjud emas. 

O‘QING: Galaxy S21 FE'ning taqdim etilish sanasi aniq bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!