Galaxy A53 taqdimotidan oldin ochib ko‘rsatildi (video)

Galaxy A53 taqdimotidan oldin ochib ko‘rsatildi (video)

Agar Apple Samsungdan ko‘ra bir nimani yaxshiroq qilsa, u o‘zining hali taqdim qilmagan smartfonlarini tadbirga qadar ochilmagan holda saqlaydi. Samsung yangi smartfonlari haqidagi ma’lumotlarni unchalik sir saqlagisi kelmayapti shekilli, kompaniya taqdim qilishi mumkin bo‘lgan smartfonlar haqidagi deyarli barcha ma’lumotlar internetda tarqatib yuborilib bo‘lingan.

Kelayotgan payshanba kuni taqdim qilinishi kutilayotgan Galaxy A53 5G allaqachon Serbiya onlayn do‘konlarida 350 yevrodan, Kenya do‘konlarida esa 400 dollardan sotuvga ham chiqib ulgurgan va smartfon jonli suratlari tarqatilgan. Hatto, bugun uning qutidan ochib ko‘rsatilishi videosini ham ko‘rishimiz mumkin. (Diskleymer: video balandroq mem tovushi bilan boshlanadi)

Ko‘rish mumkinki, avval tarqatilgan render suratlar videodagi smartfon bilan bilan to‘liq mos keladi. Shuningdek, quti ichida faqat kabel mavjud, quvvatlagich adapteri olib tashlangan. Smartfonda naushnik uchun uya ham mavjud emas.

Galaxy A53 va yana ikki model, A33, A73 modellari rasman 17 mart Toshkent vaqti bilan 19:00 da onlayn kuni taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung yangi taqdimot uchun taklifnoma ulashdi