Galaxy A54 kutilganidan ancha ertaroq chiqarilishi mumkin

Galaxy A54 kutilganidan ancha ertaroq chiqarilishi mumkin

Samsung o'zining Galaxy A seriyasidagi o'rta flagman smartfonlarini bahor fasli boshida taqdim qilishga odatlangan. Ta'kidlash joizki, smartfonlarga taqdimotlaridan 2 oy avval kerakli sertifikatlar beriladi: Galaxy A52 smartfoni 2021-yilning yanvar oyida 3C sertifikatini olgan va mart oyida chiqarilgan; bu yilgi Galaxy A53 ham yanvar oyida sertifikatlandi va mart oyida chiqarildi. Biroq, navbatdagi Galaxy A54 smartfoni ushbu an'anani buzishi mumkin.

Foto: TechGoing 

SamMobile nashrining xabar berishicha, Galaxy A54 smartfoni Xitoyda allaqachon o'zining 3C sertifikatini qabul qilib ulgurdi. Bu esa Samsung'ning bo'lajak o'rta sinf smartfoni avvalgilaroq ancha erta, katta ehtimol bilan yo 2023-yil yanvarida yo unga qadar taqdim qilinishi mumkinligini anglatadi.

Qurilma Xitoyda SM-A5460 model raqamiga ega. Ma'lum bo'lishicha, u 25 Vt tezlikda quvvatlanadi va qutidan Android 13 bilan chiqishi mumkin. Avvalroq, Galaxy A54 o'zining avvalgisidan 100 mA/s ko'proq, 5,100 mA/s batareya sig'imiga ega bo'lishi, biroq kamera borasida past megapikselli kamera bilan jihozlanishi va undan bitta kamera olib tashlanishi mish-mish qilingan edi.

O'QING: Galaxy A14 qutidan Android 13 bilan chiqadigan ilk Samsung smartfoni bo'lishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!