Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko'rsatildi

Galaxy A54 uchlik kamera bilan sifatli renderlarda ko'rsatildi

Galaxy A seriyasidagi Samsung smartfonlari flagmanlardan ham ko'ra ko'proq sotilsa sotiladiki, lekin kam emas. Shunday ekan, Janubiy Koreya kompaniyasi ushbu qatorda yangi modellar chiqarishni hali beri to'xtatmaydi va biz keyingi yilda katta ehtimol bilan Galaxy A34, A54 va A74 deb nomlanadigan smartfonlar bilan tanishamiz.

91Mobiles bo'lajak Galaxy A seriyasidagi Galaxy A54 modelining yangi sifatli renderlarini e'lon qildi. Bir qarashda ushbu model yaqinda internetda renderlari tarqatilgan Galaxy S23'ni eslatib yuboradi, chunki u ham kamera orolisiz uchlik kamera dizayniga ega.

Samsung odatda o'zining Galaxy A seriyasidagi smartfonlarini orqa kameralarni o'rab turadigan kamera oroli bilan chiqarar edi. Biroq, bu an'ana yangi avlod modellari bilan buziladigan ko'rinadi. Qolaversa, bu yerda bitta kamera yetishmayapti. Ta'kidlash joizki, Galaxy A54 smartfonidan bitta orqa kamera olib tashlanishi, ya'ni u uchlik kameraga ega bo'lishi avval mish-mish qilingan edi. Renderlar esa uzunquloq xabarlarni tasdiqladi.

Old tomonda har doimgidek bir xil dizayn: Infinity-O stilidagi yuqoriga markazlashtirilgan selfi kamera va boshqa tomon ramkalaridan biroz qalinroq bo'lgan pastki jag'. Hozircha texnik xususiyatlar borasida bir nima deyish qiyin, lekin smartfon kattaroq batareyaga ega bo'lishi tahmin qilinmoqda.

O'QING: One UI 5 yangilanishini qabul qilgan Galaxy'lar ro'yxati