Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

  •   DiMaX
  •  3820
  •  23.05.2019 17:18

Galaxy A70S – kamerasi 64 megapiksellik birinchi smartfon!

Janubiy koreyalik korporatsiya yaqinda ikkita 32 megapiksellik kamera moduliga ega Galaxy A70 modelini namoyish qilgandi. Endi esa uning yangicha versiyasi – Galaxy A70S smartfonini tayyorlamoqda.

O‘QING: «O‘nta qo‘y nima bo‘ladi!?» – Samsung yana kamida to‘rtta modelda Galaxy A smartfoni tayyorlayapti

Bugun tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Galaxy A70S modeli bosh kamerasi naq 64 megapiksellik modulga ega birinchi smartfon sifatida maydonga tushadi. Unda joriy oyda taqdim etilgan Samsung ISOCELL Bright GW1 tasvir datchigi qo‘llanadi.

Samsung Galaxy A70S ushbu yilning ikkinchi yarmida namoyish etilishi aytilmoqda. Ushbu kompaniyaning ayrim telefonlarini esa atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Galaxy S10+ 5G bilan bellashuvchi Galaxy A70 ham Terashop.uz’ga yetib keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 7 may)

Samsung yoki boshqa ishlab chiqaruvchining smartfonini ishlatayotgan bo‘lishingizdan qat’i nazar, biz sizga omadingizni sinab ko‘rishni taklif qilamiz! Ayni damda 2 iyunga qadar sizda Xiaomi kompaniyasining ajoyib fitnes-brasleti – Mi Band 3 yutib olish imkoniyati mavjud.

Buning uchun YouTube-kanalimizga a’zo bo‘lib, ushbu video ostiga izoh yozib, «Yoqdi» tugmachasiga bossangiz kifoya. G‘olib esa saytimizning Facebook-sahifasi orqali jonli efirda aniqlanadi va ushbu omadli insonga sovg‘a o‘zi yashab turgan viloyat markazigacha bepul yetkazib beriladi! Bu haqdagi batafsil ma’lumotni mana bu yerda olishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung eng antiqa dizaynli smartfonni tayyorlayapti, lekin bu Galaxy Fold yoki Galaxy Note 10 emas!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.