Galaxy A72 5G'ning renderlari chiqdi, yana ikkita Galaxy smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

Galaxy A72 5G'ning renderlari chiqdi, yana ikkita Galaxy smartfoni haqida ma’lumot paydo bo‘ldi

O‘tgan hafta Samsung Galaxy A52 5G smartfonining ko‘rinishidan rasmiy renderlari paydo bo‘lgandi, endigi navbat Galaxy A72 5G smartfoniga keldi.

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, ushbu qurilma Galaxy A71 5G'ning davomchisi hisoblanadi. A72 5G'ning dizayni Galaxy A52 5G'niki bilan deyarli bir xil. Aslida, A72'ni A52'ning hajman kattaroq «aka»si desa bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

Sizdirilayotgan ma’lumotlar oqimidan kelib chiqib, Galaxy A72 5G qurilmasi 2021-yil boshlarida taqdim qilinishini kutish mumkin. Smartfon orqa paneli plastikdan, romlari esa alyuminiydan bo‘lishi aytilmoqda. 6.7 dyuym diagonalga ega yassi ekranning yuqori markazida aylanasimon kamera kemtigi bo‘ladi.

Orqa kameralar soni to‘rtta, lekin, afsuski, ular haqida tafsilotlar mavjud emas. Biroq asosiy kamera 64MP bo‘lishi mumkin.

Galaxy A72 5G smartfoni 165 x 77.4 x 8.1 mm (kamera bo‘rtmasi bilan 9.9 mm) o‘lchamga ega bo‘ladi. Qurilmada 3.5 mm audio jek va ekranosti barmoq izi skaneri ham mavjud. Smartfonning qulfdan chiqarilgan versiyasi AQShda 599 dollardan boshlab sotilishi kutilmoqda.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

A72 5G'ning renderlari paydo bo‘lgan bir paytda, Galaxy A32 5G smartfoni FCC sertifikatiga ega bo‘ldi.

Samsung'ning yaqinda taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy A32 5G smartfoni kompaniyaning eng arzon 5G qurilmasiga aylanadi. A32 5G'ning renderlari allaqachon sizidirilgan. Endi, qurilma FCC sertifikatini oldi. Bu bilan uning texnik jihatlari ham ayon bo‘ldi.

Galaxy A32 5G smartfoni qadog‘ida 15 Vt lik quvvatlagich bo‘ladi. FCC sertifikatini olgan qurilma modeli SM-A326J bo‘lib, u 5G'ning 28/77/7 diapozonlarini qo‘llab-quvvatlaydi. NFC mavjud emas.

Galaxy A32 5G 6.5 dyuym diagonalga ega, tomchisimon kemtikli ekran bilan jihozlanadi. Orqa panel esa yaltiroq sayqalli plastikdan ishlangan bo‘ladi. Qurilma uchta orqa kamera bilan jihozlanadi. Asosiy kamera rezolyutsiyasi esa 48MP.

Smartfon o‘lchamlari 164.2 x 76.1 x 9.1 mm bo‘lib, barmoq izi skaneri quvvat tugmasiga o‘rnatiladi. A32 5G qadoqdan Android 11 operatsion tizimida ishlashi ehtimoli yo‘q emas.

O‘QING: Samsung flagmanlarini ijaraga oling

Samsung'ning yana bir hamyonbop smartfoni haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Galaxy A02 smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi.

Samsung yaqinda Galaxy A02s smartfonini taqdim qilgandi. Endigi mish-mishlarga qaraganda, kompaniya Galaxy A02 nomli modelni ham taqdim qilish arafasida turibdi.

Geekbench etalon testida sinovdan o‘tgan SM-A022F model raqamiga ega smartfon aynan Galaxy A02 hisoblanadi.

Benchmark sinovi natijalar oynasida ko‘rsatilishicha, qurilma to‘rt yadroli MediaTek MT6739WW chipida ishlaydi. Ushbu chip 2017-yil chiqarilgan bo‘lib, Snapdragon 450'dan quyiroq model hisoblanadi.

Galaxy A02'ning tezkor xotirasi 2GBdan boshlanishi ko‘rsatilgan. Qiyos uchun, A02s'da operativ xotira 3GBdan boshlanadi. A02 qadoqdan Android 10 tizimida ishlaydi.

O‘QING: Samsung Galaxy A52 4G Geekbench'da paydo bo‘ldi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!