Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

  •   DiMaX
  •  5024
  •  15.12.2020 15:15

Galaxy A72 ilk suratlarda: u kutilganidek emas ekan!

Samsung kompaniyasi o‘rta narx toifasidagi Galaxy A72 smartfonini tayyorlayotgan haqidagi xabarlar sentyabr oyida chiqqan edi. O‘shanda uning bosh kamerasi beshta moduldan iborat bo‘lishini aytishgan.

O‘QING: Yana bir Samsung smartfoni Geekbench'da sinovdan o‘tdi

Hindistonlik insayder Sudhanshu Ambhore (Sudhanshu Ambhore) ushbu qurilmaning render suratlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Samsung Galaxy A72 modeli ham dizayniga ko‘ra janubiy koreyalikning hamyonbop smartfonlari turkumining boshqa vakillaridan farq qilmaydi. Faqat kamera yuzasidagi himoya shishalarining kattaytirilganligi tufayli u flagman modellarga ko‘proq o‘xshagan, xolos.

Tarmoq informatorining yozishicha, suratlarni u Samsung smartfonlari uchun g‘iloflar tayyorlab beruvchi kompaniyadan olgan. Odatda bunday ma’lumotlar oxir-oqibatda to‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

O‘QING: Samsung Galaxy M51'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishing

Rasmlarda hafsalani pir qiladigan jihat – Galaxy A72 modeli pentakamerali ilk Samsung smartfoni bo‘lishi kutilayotgan edi, ammo bu yerda ko‘ryapmizki, uning bosh kamerasida to‘rtta modul o‘rnatilgan ekan.

Lekin eng asosiysi – kompaniya Galaxy A72 smartfonini beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llovchi protsessor bazasida tayyorlamoqda. Shunga yarasha, uning narxi ham birmuncha yuqori bo‘lishi tabiiy.

Render suratlarga ko‘ra, smartfon korpusida quloqchin uchun 3,5 millimetrlik standart audiotirqish mavjud. Shuningdek, moddiy barmoq izi skaneri ko‘rinmayotganiga qaraganda, Samsung uni ekranga joylagan.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!