Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

  •   DiMaX
  •  9753
  •  25.09.2020 15:36

Galaxy A72 – pentakamerali ilk Samsung smartfoni

Samsung kompaniyasi yangi innovatsion ishlanmalarini foydalanuvchilarga qulay narxlarda taqdim etish uchun Galaxy A smartfonlar turkumiga asos solgan edi. Ikki yil avvalgi Samsung Galaxy A9 modeli esa dunyodagi birinchi kvadrokamerali telefon sifatida taqdim etilgan.

O‘QING: Samsung birinchi arzon kamerofonining taqdimot kunini aytdi!

Endi esa bu kompaniya o‘zining pentakamerali ilk smartfoni – Galaxy A72 modelini tayyorlamoqda. Aytish kerakki, Xiaomi, Huawei va Nokia kabilarning bosh kamerasi besh modulli smartfonlari bozorda allaqachon chiqqan.

Insayderlarga ko‘ra, Galaxy A72 gadjeti Samsung’ning birinchi pentakamerali smartfoni bo‘lsa-da, kompaniya uning ortidan shunday yana bir nechta qurilma chiqaradi.

Xabarga ko‘ra, Samsung Galaxy A72 bosh kamerasida asosiy datchik 64 megapiksellik aniqlikda bo‘ladi. Ikkinchi – 12 MPlik sensorga esa keng burchakli ob’yektiv biriktiriladi. Navbatdagi – 8 megepiksellik modul uch karralik optik zum bilan taqdim etiladi. Makros’yomka va sahna chuqurligini aniqlash esa har biri 5 megapiksellik alohida-alohida datchiklar qo‘llanadi.

Galaxy A72 selfi ishqibozlariga ham ma’qul keladi – uning old kamerasi 32 megapiksellik bo‘lishini aytishmoqda. Samsung bu modelini 2021 yilning birinchi yarmida taqdim etadi.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42’ning so‘nggi siri ochildi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!