Galaxy A73 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Galaxy A73 smartfoni GeekBench'da testdan o‘tdi

Samsung Galaxy A73 modeli kutilganidan ko‘ra kuchliroq chipsetga ega bo‘lishi mumkin. Avvalgi ma’lumotlarda smartfon xuddi A52 5G qurilmasi kabi Snapdragon 750G chipida ishlashi aytilyotgan edi.  

Gap shundaki, yangi smartfon Snapdragon 778G chipi bilan jihozlanishi kutilmoqda. 6 nanometrlik jarayon asosida yartilgan ushbu chip to‘rtta Cortex-A78 hamda to‘rttta A55 yadrolariga ega. Grafika uchun esa Adreno 642L grafik protsessori javob beradi. Ushbu chipda 5G modem borligini ham ta’kidlab o‘tish zarur. 

Galaxy A73 modeliga Snapdragon 778G chipi o‘rnatiladi degani bu A53 modeli ham ushbu chipga ega bo‘lishini anglatmaydi. Google Play Console allaqachon A53 5G qurilmasini Exynos 1200 chipida ishlashiini ko'rsatib berdi.

Hozircha Galaxy A73 va A53 modellarining 4G versiyalar sotuvga chiqishi noma’lum. O‘tgan hafta taqdim etilgan A13 va A23 modellari 4G versiyada edi. 

Sizdirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A73 modeli 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi FHD+ rezolyutsiyadagi 6.7 dyuymli Super AMOLED displeyi, 108MP asosiy kamera, 12MP ultrakeng kamera, 8MP telefoto kamera hamda 2MP qo‘shimcha kameraga ega bo‘ladi. Shuningdek, qurilma 25 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. 

Taqqoslash uchun, Galaxy A53 modeliga 120Hz chastotada ishlovchi 6.52 dyuyimli AMOLED displeyi, 25 vattda quvvat oluvchi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatiladi. A73 modelidan farqli o‘laroq A53 qurilmasi 108MP emas, balki 64MP asosiy kameraga ega bo‘ladi. Shuningdek, unda telefoto kamera bo‘lmaydi. Smartfonning narxi taxminan 470 yevro atrofida bo‘ladi. Bu o‘tgan yilgi A52s 5G modeliga qaraganda biroz qimmatroq. 

Galaxy A73 modeliga qaytsak, hozircha smartfonning narxi yoki uning qachon sotuvga chiqishi noma’lum.

O‘QING: Samsung ham shu oyda yana yangi smartfonlar taqdim qiladi