Galaxy A73'ning narxi, renderlari va texnik jihatlari sizdirildi

Galaxy A73'ning narxi, renderlari va texnik jihatlari sizdirildi

Ikki hafta oldin Galaxy A73 smartfonining ilk renderlari e’lon qilingan edi. Kecha OnLeaks insayderi smartfonning 3D renderlarini taqdim etdi. 

O‘QING: Galaxy S21 FE'ning narxi va qanday turdagi ranglarda sotuvga chiqishi ma’lum bo‘ldi 

Samsung Galaxy A73 smartfoni 6.7 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Displey yuqori qismining o‘rtasidan yumaloq tirqishli selfi kamera o‘rin oladi. Barmoq izi skaneri esa ekran ostiga joylashtiriladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, displey 90Hz yangilanish chastotasida ishlaydi. Avvalgi ma’lumotlarda smartfon displeyi 120Hz yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan edi. 

Orqa paneldagi kamera modulidan to‘rtta kamera o‘rin oladi. Asosiy kamera 108MP bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan kameralarning texnik jihatlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. 

Shuningdek, smartfon Snapdragon 750G chipi bilan jihozlanadi hamda Android 12 operatsion tizimiga asoslangan One UI 4.0 grafik qobig‘ida ishlaydi. Xotira xajmi esa 8/128GB dan boshlanadi. 

Qurilma 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi, uni esa 33 vattda quvvatlash mumkin bo‘ladi. Smartfon korpusi plastikdan ishlangan bo‘lib, uning qalinligi 7.6 millimetrni (kameraning bo‘rtib chiqqanligini hisobga olsa 9.3 mm) tashkil qiladi. IP67 standarti qurilmani chang va suvdan himoya qiladi. 

Galaxy A73 tilla va qora ranglarda taqdim etiladi. Smartfon birinchi Hindistonda 440 dollar narxda sotuvga chiqadi. 

O‘QING: Galaxy S22 seriyasidagi smartfonlarning fon rasmlari e’lon qilindi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.