Galaxy A73'ning renderlari e’lon qilindi

Galaxy A73'ning renderlari e’lon qilindi

Shu yilning sentyabr oyida Galaxy A73 smartfoni 108MP kameraga ega bo‘lishi haqidagi mish-mishlar tarqalgan edi. Hozir esa smartfonning renderlari e’lon qilinib, u qanday dizaynda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi. 

O‘QING: Galaxy A33 5G'ning akkumulyator hajmi qancha bo‘lishi ma’lum bo‘ldi 

Yangi Galaxy A73 tashqi ko‘rinishi bilan A72'ni eslatib yuboradi. Qurilma displeyining yuqori o‘rta qismida tirqishli selfi kamera joylashgan bo‘lsa, orqa paneldagi kamera modulidan to‘rta kamera va LED chirog‘i o‘rin olgan. 

Quvvat hamda ovozni sozlash tugmalari qurilmaning o‘ng tomonida, USB-C porti, mikrofon hamda asosiy dinamik esa pastki tomonda joylashgan. Samsung ushbu smartfondan 3.5 mm audio jekni olib tashlaydi. Endi uning o‘rnini SIM-karta uyasi egallaydi. 

Mish-mishlardan kelib chiqqan holda Technizo hamda LetsGoDigital hamkorlikda smartfonning 3D renderlarini taqdim etdi. Biroq qurilmaning yakuniy dizayni bundan farq qilishi mumkin. 

Galaxy A73 5G smartfoni Snapdragon 750G chipi, 6.7 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyi, ekranosti barmoq izi skaneri bilan jihozlanadi. Qurilma displeyi 120Hz ekran yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlashi taxmin qilinmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilma korpusi plastikdan ishlanadi, IP67 standarti esa smartfonni suv va changdan himoya qiladi. 

Galaxy A73 qurilmasi 108MP asosiy kameraga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, u 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator hamda 25 vatt quvvatlash texnologiyasi bilan jihozlanadi. Qurilma Android 12'ga asoslangan One UI 4.0 operatsion tizimida ishlaydi. 

Samsung kompaniyasi A72 smartfonini shu yilning mart oyida taqdim etgan edi. Galaxy A73 esa kelasi yilning ikkinchi choragida namoyish etilishi kutilmoqda. 

O‘QING: Galaxy smartfonlarining Android 12 operatsion tizimiga o‘tish sanalari e’lon qilindi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!