Galaxy A80 aylanma kamerasi sirini va sinov jarayonlarini Samsung videoda ko‘rsatib berdi

  •   DiMaX
  •  2596
  •  16.07.2019 15:28

Galaxy A80 aylanma kamerasi sirini va sinov jarayonlarini Samsung videoda ko‘rsatib berdi

Keyingi paytlarda savdoga chiqqan eng original form-faktorli smartfon Samsung Galaxy A80 bo‘lsa kerak. Uning kamerasi asosiy korpusning slayder qismi bilan birga yuqoriga ko‘tariladi va old tomonga o‘girilib oladi.

O‘QING: Galaxy A80 taqdim etildi: aylanuvchi kamera, yangi Snapdragon 730 chipi va... yuqori narx! (+video)

Galaxy A80 ishlab chiqilgan paytdagi texnologiyalarga ko‘ra, kameraning korpusdan chiqishi va keyin aylanib olishi uchun ikkita motorcha kerak bo‘lar edi. Biroq Samsung muhandislari buni bittagina dvigatel yordamida amalga oshirishni uddalashgan. Kompaniya mazkur mexanizmning qanday ishlashini qadam-baqadam ko‘rsatib beruvchi mana bu suratni e’lon qildi:

Shuningdek, kompaniya Galaxy A80 aylanma kamerasi o‘zining maxsus laboratoriyasida puxta sinovdan o‘tkazilganligini ham ta’kidlagan va buning videosini ko‘rsatgan:

Chindan ham, Samsung o‘zining Galaxy A80 modelini san’at darajasiga ko‘tara olgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu smartfonni Terashop.uz internet-do‘konimizdan 4 950 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy S10+ va Galaxy A80 smartfonlarini Samsung hali taqdim etilmagan Galaxy Note 10 Pro 5G’ga almashtirib bermoqchi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!