Galaxy A82 5G rasman e’lon qilinmay turib Samsung saytiga chiqdi

  •   DiMaX
  •  4941
  •  05.05.2021 11:01

Galaxy A82 5G rasman e’lon qilinmay turib Samsung saytiga chiqdi

Samsung kompaniyasining Galaxy A82 smartfoni haqidagi ilk ma’lumotlar shu yilning mart oyida paydo bo‘lgan edi. Garchi ishlab chiqaruvchining o‘zi uni rasman e’lon qilmagan ham bo‘lsa-da, biz allaqachon uning anboksing videosini ham taqdim etganmiz.

O‘QING: Galaxy S20'lar Samsung uchun navbatdagi boshog‘rig‘i bo‘ldi

Endi esa Samsung rasmiy saytidagi dasturiy ta’minot yangilanishi sahifasida Galaxy A82 5G modeli haqida birinchi qayd paydo bo‘ldi. Hali taqdim etilmagan bu smartfonni kompaniya choraklik yangilanishlar grafigiga kiritib qo‘yibdi:

Ushbu qayd Galaxy A82 5G smartfonining o‘z vatani – Janubiy Koreya hududidan tashqarida ham sotilishini anglatadi.

Esingizda bo‘lsa, Samsung o‘tgan oyda kvant himoyasiga ega bo‘lgan Galaxy Quantum 2 smartfonini namoyish etgan edi. Yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Galaxy A82 5G ayni shu modelning tashqi bozorga mo‘ljallangan va kvant himoyasini ta’minlovchi QRNG chipidan mahrum etilgan versiyasi bo‘ladi, deyishmoqda.

 O‘QING: 5G-smartfonlar bozorida Samsung birdaniga 4-o‘ringa tushdi! (2021 yil 1-chorak)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.