Galaxy A82 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Galaxy A82 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Samsung kompaniyasi 2021 yil uchun Galaxy A seriyasidagi ikkita A52 hamda A72 smartfonlarini taqdim etdi.

Ko‘rinishidan, kompaniya A seriya lineykasida ushbu gadjetlar bilan cheklanib qolishni istamayapti. Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy A82 smartfonini ishlab chiqarish ustida ish olib bormoqda.

O‘QING: Ikkita versiyada Samsung Galaxy A52 chiqdi – narx va xususiyatlari

Galaxy A80 qurilmasi ishlab chiqarilgandan so‘ng, Samsung ushbu qurilmaning keyingi avlodni ishlab chiqarmadi. Galaxy A80 aylanuvchi kameraga ega bo‘lib, orqa kameradan selfi kamera sifatida ham foydalanish mumkin.

Galaxy A82'ga ham bunday aylanuvchi kamera o‘rnatilishi hali noma’lum. Biroq ayrim mish-mishlarga qaraganda, gadjetning asosiy orqa kamerasi A52 va A72 devayslariniki kabi 64MP bo‘lishi mumkin. Galaxy A82 smartfoniga Sony tomonidan ishlab chiqarilgan IMX686 sensori o‘rnatilishi aytilmoqda.

Galaxy A80

 

Qurilma Qualcomm tomonidan ikki yil avval ishlab chiqarilgan Snapdragon 855+ chipi bilan jihozlanish ehtimoli mavjud.
Galaxy A82 birinchi navbatda Koreya bozorlari uchun ishlab chiqariladi. Gadjetning global versiyasi chiqishi yoki chiqmasligi hali noma’lumligicha qolmoqda.

O‘QING: Suv va changdan himoyali Galaxy A72 ham taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!