Galaxy A90 5G rasman namoyish qilindi: Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman!

  •   DiMaX
  •  2927
  •  03.09.2019 12:58

Galaxy A90 5G rasman namoyish qilindi: Snapdragon 855 chipli, 5G-modemli ilk hamyonbop flagman!

Samsung kompaniyasi o‘rta narxli smartfonlar turkumining flagmani – Galaxy A90 5G modelini tayyorlayotgani haqida ko‘p yozganmiz. Nihoyat, ishlab chiqaruvchi asosan yoshlarga mo‘ljallangan ushbu qurilmani bugun – 3 sentyabr kuni rasman taqdim qildi.

O‘QING: O‘tgan haftada trendda bo‘lgan top 10 smartfon (o‘ttiz beshinchi hafta)

Garchi flagman xususiyatlariga ega bo‘lsa-da, Samsung Galaxy A90 5G smartfoni Galaxy S10 (sotib olish) hamda Galaxy Note 10 kabi eng ilg‘or modellardan arzon bo‘lishi kutilmoqda. Uning narxini kompaniya hozircha ochiqlamagan; Janubiy Koreyaning o‘zida uni ertaga – 4 sentyabrda sotuvga chiqarishadi va narxi shunda ma’lum bo‘ladi. Boshqa mamlakatlar bozorlarida esa uni o‘zgacha narxlarda xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Samsung Galaxy A90 5G modeli o‘rta narxli «Galaktika»lar turkumining Qualcomm Snapdragon 855 protsessorli ilk (va hozircha yagona) vakili bo‘lib, 6 va 8 gigabaytlik tezkor xotirali variantlarda taklif etiladi. Doimiy xotirasi 128 gigabaytlik bo‘lib, yana qo‘shimcha xotira kartasini ham o‘rnatish mumkin.

Infinity-U turidagi – yuqori qismi tomchisimon kemtikli SuperAMOLED displeyining diagonali 6,7 dyuymlik, tasvir aniqligi esa 2400x1080 piksellik. Flagman modellardagi singari, daktiloskopik skaner ham ekranning o‘ziga integratsiya qilingan.

O‘QING: Redmi, Huawei, OnePlus va Vivo smartfonlari uchun ekranosti barmoq izi skaneri ishlab chiqarayotgan kompaniya

Smartfonning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, 48 megapiksellik asosiy sensor F/2,0 diafragmali ob’yektiv bilan biriktirilgan. 8 megapiksellik ikkinchi moduli esa F/2,2 diafragmali, o‘ta keng burchakli (123 darajali) ob’yektivga ega. Uchinchi datchik aniqligi 5 megapikselga teng va u sahnaning chuqurligini aniqlashga xizmat qiladi. Smartfonning bosh kamerasi «sun’iy idrok» texnologiyasiga hamda Super Steady barqarorlashtirish tizimiga ega.

Selfi-kamera esa 32 megapiksellik datchik hamda F/2,0 diafragmali ob’yektivni o‘zida birlashtirgan.

O‘QING: DxOMark: Samsung Galaxy Note 10+ 5G - kamerafonlar qiroli!

Samsung Galaxy A90 5G akkumulyatorining tok sig‘imi 4500 mA/soatlik bo‘lib, 25 vattlik texnologiya bo‘yicha tezkor quvvatlana oladi. Smartfon oq va qora korpuslarda taklif etiladi; uning o‘lchamlari 164,8x76,4x8,4 millimetrga, vazni esa 296 grammga teng.

Yana bir jihatini ta’kidlab o‘tsak arziydi: Galaxy A90 5G modeli Galaxy A turkumidagi Samsung DeX texnologiyasiga ega ilk smartfon bo‘ldi. Uning O‘zbekiston bozoriga qachon yetib kelishi hozircha noma’lum, ammo kompaniyaning hozirgacha savdoga qo‘yilgan aksariyat telefonlarini atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

Darvoqe, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon devays hozircha Vivo kompaniyasining iQOO Pro 5G modeli bo‘lib, u eng kuchli smartfonlar reytingida ikkinchi o‘rinni band etgan. Biroq yana bir gadjet yaqin kunlarda bu ikkala modelni ham ortda qoldirishga bel bog‘lagan...

O‘QING: Xiaomi Mi 9S – dunyodagi eng arzon 5G-smartfon ham taqdimotga tayyor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!