Galaxy Book 3 seriyasidagi noutbuklar narxi ma'lum bo'ldi

Galaxy Book 3 seriyasidagi noutbuklar narxi ma'lum bo'ldi

Galaxy S23 smartfonlari bilan birga Samsung kompaniyasi Galaxy Book 3 seriyasidagi noutbuklarni ham taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Internetda ularning marketing suratlari va texnik xususiyatlari jadvali tarqatildi.

Galaxy S23 Ultra'ning texnik xususiyatlari jadvali, avval xabar qilingan ma'lumotlarni tasdiqlaydi: noutbuk 13-avlod Core i9 protsessori, hamda, NVIDIA RTX 4070 GDDR6 8GB grafikasi bilan 32 GB LPDDR5 operativ va 1 TB NVMe SSD xotirasida Windows 11 Home operatsion tizimi o'rnatilgan holda keladi.

Uning 16 dyuymli AMOLED ekranida hech qanday kamera tirqishi yo'q. 1080p FHD Kamera ekranni o'rab turgan nozik ramka orasiga joylangan. Noutbukning e'tiborli xususiyatlari biri, uning Wi-Fi 6E texnologiyasini qo'llab-quvvatlashidadir. Noutbuk uchli xil variantda quyidagi narxlar bilan taklif qilinadi.

  • Galaxy Book 3 Ultra – i9/32 GB/1 TB – 3799 yevro
  • Galaxy Book 3 Ultra – i7/16 GB/1 TB – 3099 yevro
  • Galaxy Book 3 Ultra – i7/16 GB/512 GB – 2899 yevro

Galaxy Book 3 qatorida 360 modeli ham bor. U ikkitasi birda qurilma hisoblanadi, ya'ni u ham planshet, ham noutbuk bo'la oladi. Ulashilgan texnik xususiyatlar jadvaliga ko'ra, Galaxy Book 3 360 modeli 13-avlod Core i5 protsessorida Iris Xe grafikasi bilan 16 GB LPDDR5 operativ va 256 GB NVMe SSD xotirasida ishlaydi.

Uning 13.3 dyuymli AMOLED ekrani sensorli bo'lib, u S Pen'ni ham qo'llab-quvvatlaydi. Uning narxlari esa quyidagicha: 

  • Galaxy Book 3 360 – i7/16 GB/1 TB – 1849 yevro
  • Galaxy Book 3 360 – i7/16 GB/512 GB – 1749 yevro
  • Galaxy Book 3 360 – i5/8 GB/512 GB – 1449 yevro

Afsuski, qolgan modellar ham qo'shimcha ma'lumotlar yo'q, lekin ularning ham narxlari oshkor qilingan:

  • Galaxy Book 3 Pro – i7/16 GB/512 GB – 1949 yevro
  • Galaxy Book 3 Pro – i5/8 GB/512 GB – 1749 yevro

  • Galaxy Book 3 Pro 360 (yoxud Pro SE) – i5/8 GB/512 GB – 1949 yevro
  • Galaxy Book 3 360 – i5/16 GB/512 GB – 1099 yevro

Ta'kidlash joizki, narxlar Avstraliya bozoriga ko'ra ko'rsatilgan.

 O'QING: Galaxy S23 Ultra pasaytirilgan megapikseli selfi kameraga ega bo‘ladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!