Galaxy Book S: birinchi surati va Geekbench testi natijalari

  •   DiMaX
  •  1062
  •  05.08.2019 12:51

Galaxy Book S: birinchi surati va Geekbench testi natijalari

Samsung kompaniyasi o‘zining navbatdagi noutbukini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Taniqli insayder Evan Blass xabariga ko‘ra, uni Galaxy Book S deb nomlashgan.

O‘QING: Samsung Flash – nostandart dizaynli noutbuk namoyish etildi (+video)

Aytish kerakki, Samsung o‘zining ilk «Galaktika kitobi»ni 2017 yili taqdim qilgan, uzluksiz 20 soat ishlovchi Galaxy Book 2 planshet-transformeri esa bultur kuzda dunyo yuzini ko‘rgan edi. Yangi modelning ulardan asosiy farqi – Samsung Galaxy Book S klaviaturasini olib qo‘yib, o‘zini planshet tarzida ishlatib bo‘lmaydi. Ya’ni, ilgarigi «ajdod»lari ham noutbuk, ham planshet shaklida foydalaniladigan gibrid bo‘lsa, yangisi faqat noutbukdir.

Evan Blass mazkur gadjetning birinchi suratlarini e’lon qildi:

Ko‘ryapmizki, Galaxy Book S ekranining romlari yupqa bo‘lgan standart noutbuk ekan. Uning korpusi bir tomonida USB Type-C hamda quloqchin uchun audiotirqish mavjud.

O‘QING: Dunyodagi eng mitti o‘yin noutbukini tomosha qilamiz! (+VIDEO)

Avvalroq Galaxy Book S laptopi Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan va o‘shanda uning ayrim xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, Samsung uni Snapdragon 855 protsessori hamda 8 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlagan. Mazkur noutbuk Windows 10 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Samsung ushbu mahsulotini yaqin oradagi tadbirlaridan birida namoyish etsa kerak. Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 2 105 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda Asus, Acer, Apple, Lenovo, HP hamda Dell noutbuklarini sotib olish imkoni bor.

O‘QING: Wi-Fi parolini Windows tizimli kompyuter yoki noutbukda aniqlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!