Galaxy Buds 2 Pro narxi ma'lum bo'ldi

Galaxy Buds 2 Pro narxi ma'lum bo'ldi

Samsung tez orada o'zining yangi avlod buklamafonlari, aqlli soatlari bilan birgalikda o'tgan yilgi Galaxy Buds Pro davomchisi, Galaxy Buds 2 Pro yoxud Galaxy Buds Pro 2 simsiz quloqchinini ham taqdim qilishi kutilmoqda.

Mish-mishlarga ko'ra, Amerika bozorida yangi Galaxy Buds Pro narxi o'tgan yilgisidan 30 dollar qimmat, ya'ni 229.99 dollar narxda bo'lishi mumkin. Afsuski, qurilmaning texnik xususiyatlari haqida unchalik ko'p ma'lumot mavjud emas, lekin ayrim manbalarning ta'kidlashicha, u 24-bit audioni qo'llab-quvvatlaydigan bo'ladi. Qo'shimchasiga aytish kerakki, Galaxy Buds 2 Pro / Pro 2 shovqinni bekor qilish yoki quloqchinlarni yechmasdan atrof-muhitdagi ovozlarni eshitish imkonini beradigan rejim, bir nechta qurilmalarga ulanish xususiyatlari bilan chiqariladi.

O'QING: Samsung 450 megapikselli kamera ustida ishlamoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.