Galaxy Buds Live: «loviya»ning narx, xususiyat va yangi rasmlari!

  •   DiMaX
  •  1120
  •  25.07.2020 14:53

Galaxy Buds Live: «loviya»ning narx, xususiyat va yangi rasmlari!

Janubiy koreyalik texnogigant yangi fabletlardan tashqari, Galaxy Buds Live (yoki Galaxy Buds X) nomli butkul simsiz quloqchinini ham tayyorlagan. Biz yaqinda ushbu loviyasimon aksessuarning ikkita ikkita promo-roligini e’lon qilganmiz.

O‘QING: Apple hayratda: Redmi uning gadjetiga atigi 11 dollarlik raqib taqdim etdi!

Samsung kompaniyasining hali chiqmagan mahsulotlari haqida ma’lumotlar berib kelayotgan nemis insayderi Roland Kuadnt (Roland Quandt) mazkur devaysni ham nazardan qochirmagan. Winfuture nashrida uning e’lon qilishicha, Galaxy Buds Live rusumli TWS-quloqchinlarning kodli nomi chindan ham Bean (inglizchada – «loviya»), model raqami esa SM-R180 ekan.

Insayderga ko‘ra, Samsung bu quloqchinlarni 12 millimetrlik drayverlar bilan ta’minlaydi. Ularda ovozning optimizatsiyasi bilan mashhur AKG kompaniyasi shug‘ullanmoqda.

Galaxy Buds Live yana uchta mikrofonga ham ega; ular faol tarzda shovqin to‘suvchi ANC (Active Noise Canceling) hamda AOM (Always On Mic) funksiyalari bilan ta’minlangan. AOM funksiyasi ovoz yordamida Bixby aqlli yordamchisini chaqirish imkonini beradi.

O‘QING: Sun’iy intellekt bahsi: ovozli yordamchilardan qay biri eng aqlli?

Quloqchinning o‘zi bitta quvvat bilan 5,5 yoki 7,5 soat ishlashi mumkin (ANC va AOM funksiyalarining faol yoki yo‘qligiga bog‘liq). G‘ilofi esa bu ko‘rsatkichni naq 28 soatga yetkaza oladi.

Keysning o‘zi USB-C portiga ega bo‘lishdan tashqari, simsiz usulda ham quvvatlana oladi. Quloqchinga esa yaqinlashuv datchigi hamda pleyer ham o‘rnatilgan.

Samsung Galaxy Buds Live uchun taxminan 190 yevro atrofida narx belgilanadi. Uni 5 avgust kuni – Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlar, Galaxy Z Fold 2 buklamafoni, yangi avlod Galaxy Fit fitnes-trekeri hamda Galaxy Watch 3 smart-soati bilan birga namoyish etishadi.

O‘QING: Samsung eng arzon smartfonini chiqardi: Galaxy A01 Core narx va jihatlari bilan tanishing!