Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  355
  •  10.05.2021 18:08

Galaxy Buds Pro quloq kasalliklarini keltirib chiqaryapti

Samsung Electronics kompaniyasi simsiz Galaxy Bud Pro naushniklari foydalanuvchilari tomonidan kelayotgan ko‘plab shikoyatlarga rasmiy izoh berdi. Foydalanuvchilar quloqlaridagi turli yoqimsiz va og‘riqli muammolardan, jumladan, yiring, yara, pufakchalar va yallig‘lanish paydo bo‘lishidan shikoyat qilmoqda, deb yozadi Daryo.

O‘QING: 10 daqiqa quvvatlanib, 8 soat ishlovchi simsiz quloqchin chiqdi

Samsung’ning mazkur holat bo‘yicha bergan izohida ta’kidlanishicha, Galaxy Buds Pro naushniklari sotuvga chiqquniga qadar xalqaro tashkilotlar tomonidan sinovdan o‘tkazilgan va zararli jihatlari yo‘qligi tasdiqlangan. Samsung’ning aniqlik kiritishicha, naushniklar kanal ichiga mo‘ljallangani sabab ter va namlik foydalanuvchilar aytgan muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.

Galaxy Buds Pro juda kattaligi va quruq terini qichitayotgani borasidagi savolga Samsung naushnikning konstruksiyasi sabab noqulaylik yuzaga kelishi mumkinligini tasdiqlagan va foydalanuvchilarga naushniklarni muntazam tozalash va dezinfeksiya qilishni, shu bilan birga, eshitish yo‘lining quruqligini ta’minlash kerakligini maslahat bergan.

Bundan tashqari, Samsung rasmiy saytining ta’kidlashicha, naushniklar tarkibida akrilat va nikel mavjud, shu sababli allergiyadan aziyat chekuvchi insonlarga uni uzoq vaqt taqmaslik tavsiya etiladi.

O‘QING: Galaxy Unpacked’ning barcha roliklari bitta joyda: Galaxy S21, Galaxy Buds Pro hamda Galaxy SmartTag bilan to‘liq tanishamiz!