Galaxy F41 taqdim etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

  •   DiMaX
  •  2854
  •  09.10.2020 11:14

Galaxy F41 taqdim etildi: rasmiy videosi, narx va xususiyatlari

Samsung kompaniyasi yangi – Galaxy F turkumida arzon kamerofonlar turkumini joriy etganidan xabaringiz bor. Mazkur seriyaning ilk vakili – Galaxy F41 modelining rasmiy namoyishidan biz uning anboksing videosini ham ulashganmiz.

O‘QING: Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Ushbu smartfon bugun Hindistondagi Flipkart savdo maydonchasi bilan hamkorlikda taqdim etildi va allaqachon oldindan buyurtma ham yo‘lga qo‘yilgan. Kutilganidek, Galaxy F41 tashqi ko‘rinishi ham, texnik xususiyatlari ham Galaxy M31 «megamonstr»iga juda o‘xshash ekan.

Farqi – yangi smartfonning bosh kamerasida 5 megapiksellik makros’yomka moduli yo‘q va tezkor xotira hajmiga ko‘ra faqat 6 gigabaytlik variantda taklif etiladi. Shuningdek, sal arzonroq ham: Galaxy M31 narxi hozir Hindistonda 240 dollardan boshlanadi, Galaxy F41 kamerofoni esa 230 dollarga baholangan, lekin savdoning boshida 212 dollarga olsa bo‘ladi.

Shunday qilib, Samsung Galaxy F41 modeli diagonaliga 6.4 dyuymlik Super AMOLED displeyga ega. Infinity-U turidagi (tomchisimon kemtikli) ekran Full HD+ formatida (2340x1080 piksellik) tasvir uzata oladi. Old kamera aniqligi 32 megapiksellik; bosh kamerada esa 64 + 8 + 5 megapiksellik sensorlar mavjud.

Kompaniya bu smartfonida o‘zining Exynos 9611 protsessorini qo‘llagan. Bu smartfon ancha «beli baquvvat» – akkumulyatori 6000 mA/soatlik bo‘lib, USB-C porti orqali quvvatlanadi.

Smartfon korpusida quloqchin tirqishi ham ko‘zda tutilgan, barmoq izi skaneri esa orqa panelda. Devaysni Android 10 grafik qobig‘i ustiga qurilgan One UI grafik qobig‘i bilan chiqarishgan.

O‘QING: Samsung o‘z smartfonlari egalarini Android 11 asosidagi One UI 3.0 proshivkasining ochiq sinoviga chaqiryapti!

Samsung Galaxy F41 smartfoniga bag‘ishlab tayyorlangan rasmiy videolahani quyida tomosha qilamiz:

Galaxy F41 savdosi 16 oktyabrdan boshlanadi; uning 6/64 gigabaytligi uchun 212 AISh dollari, 6/128 gigabaytligi uchun esa 225 dollar so‘rashyapti.

O‘QING: Samsung hali taqdim etmagan, batareyasi baquvvat va arzon Galaxy M31 Prime allaqachon do‘konga chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!