Galaxy F62 kutilganidan ham arzon narxda to‘liq taqdim etildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4560
  •  15.02.2021 16:00

Galaxy F62 kutilganidan ham arzon narxda to‘liq taqdim etildi! (+video)

Samsung kompaniyasi, nihoyat, uzoq kutilgan Galaxy F62 smartfonini to‘liq taqdim etdi. Texnik jihatlari va narxini taqqoslab, uning xit bo‘lishini taxmin qilish mumkin.

O‘QING: Samsung saytiga birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar chiqdi!

Samsung Galaxy F62 diagonaliga 6,7 dyuymlik, Super AMOLED+ matritsali, Infinity-O turiga mansub ekranaga ega. Full HD+ formatida tasvir uzata oluvchi displeyning himoyasi uchun Gorilla Glass shishasi mas’ul. Apparat platformasi o‘rta toifali smartfon uchun qudratli – 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslangan, Galaxy Note 10 hamda Galaxy Note 10+ flagmanlarida qo‘llangan Exynos 9825 protsessori protsessordir. Samaradorlikni ta’minlashda unga 6 yoki 8 gigabaytlik tezkor xotira ko‘makdosh bo‘ladi. Har ikkala variantda ham smartfon doimiy xotirasi 128 gigabaytlik bo‘lib, yana uning korpusida microSD-karta sloti mavjud.

Displey tuynugiga 32 megapiksellik selfi-kamera joylangan, bosh kamera esa to‘rttalik bo‘lib, asosiy datchik 64 MPlik aniqlikda. Kvadrokamera jamlanmasiga yana 12 (o‘ta keng burchakli ob’yektivga ega) + 5 (makro) + 5 (sahna chuqurligi sensori) megapiksellik modullar kirgan. Smartfon bosh kameradan ham, old kameradan ham video yozib ola biladi.

Galaxy F62 barmoq izi skaneri korpusining yon qirrasida joylashgan; Samsung uni yana LTE-modem, ikkita SIM-karta sloti, Bluetooth 5.0 va NFC adapterlari, USB-C porti hamda standart quloqchin tirqishi bilan ta’minlagan.

O‘QING: Haqiqiy Samsung fanati bo‘lish sizga qanchaga tushadi?

Bu kamerofon tok sig‘imi 7000 mA/soatlik akkumulyatori bilan ham maqtana oladi. Simsiz quvvatlash texnologiyasi bo‘lmasa-da, simli usulda u 25 vattlik quvvat bilan zaryad oladi. Shunchalik baquvvat batareyasi bilan ham Galaxy F62 korpusi qalin emas – atigi 9,5 millimetr; vazni esa 218 gramm. Qurilma qadog‘idanoq One UI 3.1 interfeysi ostidagi Android 11 operatsion tizimi bilan taqdim etilmoqda.

Samsung Galaxy F62 namoyishi Hindistonda bo‘lib o‘tdi va u yerda 22 fevraldan, yashil, ko‘k va kul rang (barchasi «lazerli gradiyent») korpuslarda sotila boshlaydi. Uning tezkor xotirasi 6 gigabaytligi 330 dollarga baholangan (oldingi xabarlarda uni 340 dollardan boshlanishi aytilgan edi). Operativkasi 8 gigabaytlik varianti uchun esa 360 dollarga teng narx belgilangan.

O‘QING: Hamyonbop flagman – Galaxy S21 FE ikki xilda chiqadi: 4G-versiyasi yanada arzon!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!