Galaxy Fold buklama smartfoni ilk bor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi. Lekin afsus...

  •   DiMaX
  •  1157
  •  23.03.2019 11:10

Galaxy Fold buklama smartfoni ilk bor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi. Lekin afsus...

Samsung kompaniyasi inqilobiy gadjeti – Galaxy Fold buklama smartfonini birinchi bor 2018 yil noyabrdagi maxsus tadbirda ko‘rsatgan edi. Garchi uni bir oy avval rasman taqdim etgan bo‘lsa-da, hali-hanuz devaysning muhim jihatlari noma’lumligicha qolmoqda.

O‘QING: Nihoyat, Samsung ikki ekran va olti kamerali Galaxy Fold buklama smartfonini taqdim qildi! (+video)

Masalan, Samsung namoyish davomida ushbu inqilobiy smartfonning 7 nanometrlik texnologik jarayonda tayyorlangan 8 yadroli protsessor bazasida ishlashini aytgan. Kompaniya «AP chipset» deb atagan bu chip Snapdragon 855 bo‘lishi taxmin qilib kelinayotir.

Kecha – 22 mart sanasida taniqli Geekbench servisining ma’lumotlar bazasida Galaxy Fold tekshirib ko‘rilganligi haqida qayd paydo bo‘ldi. Shunda buklama smartfonning samaradorligidan tashqari, muhim texnik jihatlari ham aniqlandi.

Geekbench ma’lumotlariga ko‘ra, Galaxy Fold modelida Qualcomm kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan sakkiz yadroli protsessor qo‘llangan. Samsung taqdimotda chipsetning 7 nanometrlik tex-jarayonga asoslanganini aytgan edi. Bunaqa tavsiflarga mos keluvchi bittagina chip mavjud – Snapdragon 855.

O‘QING: Samsung yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi

Shuningdek, benchmark Galaxy Fold’ning 12 GB tezkor xotiraga ega ekanini ham tasdiqlagan:

Galaxy Fold yakka yadroli testda 3418 ball, ko‘p yadroli sinovda esa – 9703 ochko olishga erishgan. Bu esa Snapdragon 855 bazasidagi boshqa smartfonlarnikidan birmuncha past ko‘rsatkich. Xususan, 12 gigabaytlik «operativka»li qurilma ancha yuqori natijalar namoyon etishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. Aftidan, Geekbench’da ushbu smartfonning yakuniy varianti emas, balki muhandislik namunasi tekshirib ko‘rilgan bo‘lsa kerak.

Samsung ushbu inqilobiy gadjetini 26 apreldan sotuvga chiqarishni rejalashtirgan, uning narxi esa 1980 AQSh dollaridan boshlanadi. Galaxy Fold’ning asosiy raqobatchisini bo‘lsa allaqachon AliExpress onlayn platformasida savdoga qo‘yishgan.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!