Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

  •   DiMaX
  •  1295
  •  15.04.2019 16:05

Galaxy Fold buklama smartfonini Samsung muddatidan avval va negadir yashirin sota boshladi!

O‘tgan hafta Samsung kompaniyasi inqilobiy qurilmasi – Galaxy Fold uchun AQSh hududida oldindan buyurtmalar ola boshlagandi. 1980 dollardan sotilayotgan smartfonning birinchi partiyasi cheklangan miqdorda bo‘lib, tez tugab qolgan.

O‘QING: Galaxy Fold buklama smartfoni ilk bor Geekbench’da o‘z kuchini ko‘rsatdi. Lekin afsus...

Kompaniyadan izoh berishlaricha, Galaxy Fold uchun talab kutilganidan ko‘ra kattaroq bo‘lgan va ilk partiya tezda sotib tugatilgan. Samsung keyingi partiyaning qachon kelishini keyinroq ma’lum qilishini aytgan.

Lekin Galaxy Fold modelini avvaldan buyurtma qilmasdan va kutib o‘tirmasdan xarid qilishning yashirin yo‘li ham bor ekan. XDA Developers hamjamiyati dasturchilaridan biri Samsung’ning saytida shunday sahifani topib oldi – u yerda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xaridni rasmiylashtirish mumkin!

Mazkur sahifa orqali T-Mobile yoki AT&T aloqa operatorlaridan birini tanlash hamda har oyda 82,5 dollar to‘lab borish sharti bilan 24 oylik shartnoma tuzish kerak.

Manbaga ko‘ra, bu ikkala operatorning har birida to‘rt yarim mingtadan Galaxy Fold mavjud, ya’ni – birinchi partiyada AQShga bu modeldan jami to‘qqiz mingta olib kelingan.

T-Mobile kompaniyasi avvalroq o‘z abonentlariga Galaxy Fold yetkazib berishni 25 apreldan boshlashini aytgandi. Yevropada esa janubiy koreyaliklarning buklama smartfoni uchun 26 aprel kuni avvaldan buyurtma ola boshlashadi. Bevosita sotuvlar bo‘lsa 5 maydan boshlanishi aytilgan.

Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli rusumlardagi Samsung telefonlarini atigi 451 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Galaxy A20e – hamyonbop turkumning eng ixcham, lekin «beli baquvvat» vakili!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.