Galaxy Fold g‘ilofini Samsung yana bitta smartfon narxida sotadi!

  •   DiMaX
  •  2798
  •  06.04.2019 16:02

Galaxy Fold g‘ilofini Samsung yana bitta smartfon narxida sotadi!

Samsung o‘zining inqilobiy qurilmasi – Galaxy Fold buklama smartfonini fevralda taqdim etgan bo‘lsa-da, sotuvga hali chiqarmadi. Kompaniya hozirda yana ikkita buklama smartfon tayyorlayapti, ulardan biri Huawei Mate X’ga o‘xshaydi.

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Galaxy Fold smartfonini xarid qilganlar ham uni avaylab, g‘ilofga solib, himoyalab ishlatishlari tayin. Angliyadagi eng yirik smartfon aksessuarlari do‘koni – MobileFun saytida yozilishicha, Samsung mazkur qurilma uchun o‘zi g‘ilof ham taqdim etadi va u taxminan mana bunday ko‘rinishda bo‘ladi:

Eng qizig‘i shundaki, janubiy koreyalik korporatsiyaning ushbu aksessuari 120 dollarga baholanadi, bu esa bendayroq bitta smartfonning narxiga teng!

MobileFun internet-do‘koni esa Galaxy Fold uchun arzonroq g‘iloflarni ham taklif etmoqda. Jumladan, Case-Mate modellari, versiyasiga bog‘liq holda 45 va 65 dollar turadi. Samsung esa Galaxy Fold uchun chiqariladigan g‘iloflarini ikki oydan so‘ng, oq va qora ranglarda sotuvga qo‘yadi.

O‘QING: Eshagidan tushovi qimmat: bu smartfon g‘ilofi naq 3012 dollar turadi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!