Galaxy Fold haqidagi xabarlar noto‘g‘ri ekan

Galaxy Fold haqidagi xabarlar noto‘g‘ri ekan

Kuni kecha ko‘plab yangiliklar saytlarida Samsung vakiliga tayanib, Galaxy Fold smartfoni 1 million donadan ortiq sotilgani haqida xabar berilgandi. Vaholanki, Samsung ushbu ma’lumotlar noto‘g‘riligini aytmoqda.

Hammasi TechCrunch Disrupt Belin konferensiyasidan boshlandi. Konferensiyada Samsung Electronics Prezidenti Son Yong-kvon kompaniya 1 million dona Galaxy Fold buklamafonini sotib ulgurgani haqida gapirgan: "... ushbu qurilmadan million dona sotdik. 2 000 dollarlik mahsulotimizni ishlatmoqchi bo‘lgan mijozlar soni bir million bo‘ldi", degan edi u.Biroq Samsung'dagilarning keyinroq bergan hisobotida Prezident ta’kidlagan raqam, aslida, kompaniya savdolar boshlanishidan oldin o‘z olidga qo‘ygan ilk maqsad ekanligi va bu yerda chalkashish bo‘lgani, smartfon savdosi hajmi hozircha 1 millionga yetmagani haqida yozilgan.

Galaxy Fold sotuvga chiqishidan oldin tahlilchilar qurilma 2019-yilda 400 000—500 000 dona sotilishini taxmin qilgandi. Samsung'ning o‘zi esa 500 000 dona atrofida buklamafon sotishni kutayotgandi. Biroq savdolar hajmi ayni damda qancha bo‘lgani haqida hozircha rasmiy va to‘g‘ri ma’lumot berilmadi.

O‘QING: Galaxy A71 taqdim etildi: protsessori kuchli, o‘zi katta, yupqa va yengil smartfon