Galaxy foydalanuvchilari! Galaxy Store ilovasi darhol yangilang!

Galaxy foydalanuvchilari! Galaxy Store ilovasi darhol yangilang!

Agar siz Samsung Galaxy foydalanuvchisi bo'lsangiz smartfoningizdagi Galaxy Store ilovasini hoziroq oxirgi versiyaga yangilashingiz tavsiya qilinadi. Gap shundaki, Samsung'ning Android uchun Galaxy Store ilovalar do'konida ikkita xavfsizlik kamchiligi topilgan.

Ma'lum bo'lishicha, NCC Group axborot texnologiyalari xavfsizlik kompaniyasi o'tgan yilning noyabr-dekabr oylarida Samsung ilovasida ikkita: CVE-2023-21433 va CVE-2023-21434 zaifliklarini topishgan va bu haqda kompaniyani xabardor qilishgan.

Ikki zaifliklarning biri, CVE-2023-21433, Samsung smartfoniga allaqachon o'rnatilgan firibgar ilovani ishga tushirilishiga ruxsat berishi va Galaxy Store do'konidagi istalgan ilovani o'rnatishi mumkin bo'lgan.

Ikkinchi kamchilik esa, CVE-2023-21434, ilova ichidan WebView sifatida ishga tushirilishi mumkin bo'lgan domenlar ro'yxati filtrlanishini chetlab o'tish va istalgan sahifani ochish imkonini beradi.

Albatta, Samsung ushbu xatoliklarni to'g'irlagan holda Galaxy Store'ning 4.5.49.8 versiyasini chiqargan va u yuqoridagi ikkala kamchiliklarni yopadi.

O'QING: Galaxy S23 Ultra'da olingan tungi suratlar taqdim etildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!