Galaxy J5 (2017): yaxshi sotilayotgan Samsung‘ning siri nimada?

Galaxy J5 (2017): yaxshi sotilayotgan Samsung‘ning siri nimada?

"Samsung Galaxy J" turkumining "oltin o‘rtaligi"dagi smartfon — Samsung Galaxy J5 2017 yilda qayta "tug‘ildi". Bu gal unga to‘liq metall "libos", ya’ni korpus hadya qilingan. Orqa paneldagi antenna uchun plastik uloqlarni esa dizaynerlar ustalik bilan yashirishga urinishgan. Old paneldagi bosh tugmaga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgani ko‘pchilik uchun quvonarli yangilik bo‘ldi. Metall korpus qalinligi 8 mm. Smartfon 160 gramm tosh bosadi.


 

5,2 dyuymli SuperAMOLED ekranning HD (1280x720 pikselli) ekranga egaligi bir oz yoqmasligi mumkin. Biroq, uning SuperAMOLED matritsa texnologiyasiga egaligi bu aybini yuvadi. Harqalay, ekran borasida uning "jigari" bo‘lmish Galaxy J3'dan ustunligini payqash mumkin. Ayniqsa, displeyning 2.5D effektiga ega himoya shishasi bilan qoplangani diqqatga sazovor. Ayniqsa, PenTile effektida tasvir ancha yumshoqlashadi va matritsadagi subpiksellar yorqinlashadi. Tasvir ekran markazida ham, burchaklarda ham — yaxshi; yorqinlik darajasi o‘rtacha va ekran quyosh nurlari ostida u qadar shoshib qolmaydi.


 

Tezkor ishlashi xursand qiladi

Bir oz avval J3 (2017) smartfonidagi samaradorlikdan shikoyat qilgan edik. Biroq, ishlab chiqaruvchi Galaxy J5'ning undan deyarli 100 dollar qimmat ekanini hisobga olib, protsessorni insof bilan qo‘yibdi: platforma samaradorligi super demaymiz-ku, lekin yaxshi: uzilish va qotib qolishlar onda-sonda ko‘zga tashlanadi, ilovalar "osilib qolishi" mumkin. Shu bilan birga, Galaxy J5 sal qiyinroq vazifaga duch kelsa, bir oz qizib ham ketadi. Balki, operatsion tizimni yaxshilash orqali ishlab chiqaruvchi bu muammoniyam hal qilsa ajab emas. 

J5 2016 Qualcomm Snapdragon 410 platformasida ishlagan bo‘lsa, 2017 yildagi model uchun Samsung Exynos Octa 7870 chipi tanlangan. J7 2016 smartfoni ham xuddi shu chipda faoliyat ko‘rsatadi. Operativ hamda doimiy xotirada o‘zgarish yo‘q — 2 va 16 GB. Ammo, yaxshi tomoni gadjetda bir vaqtning o‘zida 2 ta NanoSIM hamda 1 ta xotira fleshkasini o‘rnatish mumkin.

 

Akkumulyatorning uzoqqa yetishi foydalanuvchi uchun quvonchli 

Galaxy J5 akkumulyatori — 3000 mA soat elektr sig‘imiga ega "quvvat toshi". Ya’ni, sig‘imi avvalgi yilgi modeldan 100 mA soat kam. Shunga qaramasdanquvvatning uzoqqa chidashi ham oshgan. To‘liq quvvatlab gadjetni 13 soat ishlatsa bo‘ladi. Shuningdek, bu quvvat 6 soat o‘yin o‘ynash yoki shuncha payt video tomosha qilish mumkin. Hamyonbop smarftonlar orasida Samsung'ning aksariyat raqiblari bu borada "yer tishlab" qolishadi. Samsung — quvvati uzoqqa yetadigan smartfonlar yaratishda yaqqol peshqadam. Buning bosh sababi -- SuperAMOLED-ekran.

 

Aloqqilish uchun imkoniyatlar to‘kis 

Smartfon tezkorligini o‘lchashda Speedtest resursida Galaxy J5'ning ma’lumotlarni uzatish tezligi sekundiga 11,33 megabitni tashkil qilgan. Bu uning "ukasi" bo‘lmish J3 (2017)dan 2 barobar yuqori degani. Bu yaxshi natija. Misol uchun,  jahonning eng tezkor smartfonlaridan biri bo‘lgan iPhone 7 Plus sekundiga 13,44 megabit hajmidagi ma’lumot almasha oladi. Demak, J5'ning mobil ma’lumotlar bilan ishlashida muammo yo‘q. Shuningdek, smartfon navigatsion sun’iy yo‘ldosh tizimiga 20 sekundda ulanadi.

J5 2017 2 diapazonli Wi-Fi modulini qo‘llab-quvvatlaydi, smartfonda barmoq izlari skaneri bilan birga, zamonaviy NFC moduli ham paydo bo‘ldi, shuningdek devays MST aloqa texnologiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa u orqali elektron to‘lovlarni to‘lash mumkin bo‘ldi. Shu taxlit, bu smartfon imkoniyatlariga ko‘ra Galaxy A/S turkumidagi "qarindoshlari"dan farq qilmaydi.


Smartfon Android 7.0 operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. Bu proshivka ko‘rinishidan kompaniya flagmanlarini eslatadi. Biroq, funksiyalar soni cheklangan.


Kameraning suratga olishi -- qoyilmaqom!

Galaxy J5 kamerasi sifat borasida biz kechagina ko‘rgan J3'ning sensorlaridan ancha kuchli. Jumladan, rang-tus berish nisbatan tabiiy va suratga olish sur’ati tezkor.

Selfi-kamera uchun 13 megapikselli ilg‘or sensor tanlangan. Bu old kamera Samsung Galaxy J5'ga yorqin va aniq-tiniq selfilar olishga yordam beradi. Hattoki, yorug‘lik past sharoitda. Boisi, bu old kamera  ham LED-fotochaqnoqqa, shuningdek ilg‘or F/1.9 hajmli yorug‘lik linzasiga ega. Yangi PALM Selfie funksiyasi bitta ishora bilan, ya’ni kameraga kaftni ko‘rsatish orqali fotosurat olish imkonini beradi.

13 megapikselli bosh kamera korpus ichiga joylangan, ya’ni datchik bo‘rtib chiqmagan. Bosh kamera aperturasi yanada ilg‘or -- F/1.7. Bu esa yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi surta olishga yordam beradi. Umuman olganda, Galaxy J5 (2017) suratkashlikka ishqibozlra uchun chinakam texnologik topilma.

 

Quydagi suratlarga ko‘ra kamera imkoniyatlariga xolis baho bering:

 



Ovoz sifati yanada yaxshilangan

J3 (2017) bilan solishtirib ko‘rganda, J5 smartfonidagi baslarning sasi oshgan, ovoz balandlashgan. Ovoz sifati — yaxshi. To‘g‘ri, dinamik bitta, stereo emas. Audio quloqchinlarda esa ovoz detallarga boy va sifatli. Bu borada o‘zidan yuqori bo‘lgan J7 gadjetidagi sifat bilan bellasha oladi. 

 

Terabayt fikri

Xalqaro smartfon bozorida o‘rtacha 300 AQSh dollaridan sotilayotgan Samsung Galaxy J5 (2017) quvvatdorligi bilan foydalanuvchiga maqbul keladi. Shuningdek, gadjetning jozibador dizayni ham o‘ziga xos. 

Yana bir tomoni borki, uning narxiga bugungi kunda xitoylik ishlab chiqaruvchilar Full HD ekran va nisbatan kuchliroq protsessorlarga ega smartfonlarni va’da qilishmoqda. 

Yoki, 50-60 AQSh dollari qo‘shib, sifatli ekran va kuchli chipga ega Galaxy J7 xarid qilish mumkin. Shuningdek, bir oz qimmatroq Galaxy A5 (2017) ham yomon smartfon emas. 

Boshqa brenddagi raqiblarga diqqat qilsak, raqiblar yetarlicha: kamera sifati va ekrani ilg‘or bo‘lgan ASUS ZenFone 3, Honor 8 Lite yoki Huawei Nova, metalldan tayyorlangan, ba’zi jihatlari kuchli Nokia 5. 

Ayni paytda Samsung Galaxy J5 (2017)'ning O‘zbekiston smartfon bozoridagi eng katta raqibi – 300 dollardan sal qimmatroq turadigan Mi 5s flagmanidir.  

Samsung Galaxy J5 ham oiladoshlari kabi, SuperAMOLED-ekrani hamda Samsung degan brend tamg‘asi bilan maqtana oladi.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2.4 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.