Galaxy J5/J7 (2017): romsiz dizaynli smartfonlar suratlari, jihatlari

Galaxy J5/J7 (2017): romsiz dizaynli smartfonlar suratlari, jihatlari

Insayderlar tomonidan Samsung Galaxy J5 (2017) hamda Galaxy J7 (2017) smartfonlarining ilk render suratlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, smartfonlar tamoman yangicha dizaynda ishlab chiqarilmoqda.

Orqa tomondan bu galgi Samsung smartfonlarida yangicha ko‘rinish aks etib turibdi. Endi orqa qismdagi metall panelning ostki va ustki qismidagi antennaga uloqlari U-shaklida joylashtirilgan. Bu qaysidir ma’noda estetik jihatdan jozibador.

Galaxy J5 (2017) va J7 (2017) smartfonlarining kamera atrofida ham o‘zgarish kuzatiladi. Jumladan, kamera va fotochaqnoq avvalgidan farqli ravishda, tikkasiga joylashtirilgan. Smarfton dizaynidagi yana bir muhim o‘zgarish — ekran atrofidagi rom deyarli bilinmas dizaynda ishlangan.

Samsung Galaxy J5 2017 smartfoni 5.2 dyuymli, HD (1280 x 720 pikselli) SuperAMOLED displey, 1.5 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Samsung Exynos 7870 protsessori, Mali-T830 videokartasi, 2 GB tezkor va 16 GB doimiy xotira, 13 megapikselli old va xuddi shu pikselga ega orqa kamera, old paneldagi bosh tugmaga joriy qilingan barmoq izlari skaneri, 3000 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Galaxy J7 2017 smartfoni esa 5.5 dyuymli Full HD displey, 1.5 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Samsung Exynos 7870 protsessori, 3 gigabaytli tezkor va 16 gigabaytli doimiy ichki xotira, 13 megapikselli old va bosh kamera, 3600 mA soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Smartfon Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi.

Iyunda sotuvga chiqarilishi kutilayotgan Galaxy J7 (2017)’ning $350, Samsung Galaxy J5 (2017)’ning $300 dollarga baholanishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.