Galaxy J5 Prime: kamerada olingan ilk suratlar

Galaxy J5 Prime: kamerada olingan ilk suratlar

Samsung kompaniyasi 6 iyunda hamyonbop turkumga kiruvchi Galaxy J (2017) turkumida 3 ta — Galaxy J3, Galaxy J5 va Galaxy J7 nomli smartfon modellarini taqdim qilgan edi. Har uchala smartfon modeli metall korpusga, o‘rtacha protsessorga ega bo‘lgan.

Ulardan Galaxy J5 gadjetining bahosi 314 AQSh dollariga belgilangan. Shuningdek, joriy yilning may oyidan boshlab Galaxy J5’ning arzonroq talqini “Prime” nomi bilan sotuvga chiqarilgan edi.

Galaxy J5 Prime devaysining bosh kamerasining sig‘imi 13 megapiksel. Unga kengligi f/1.9 bo‘lgan apertura ob’yektivi o‘rnatilgan. Ya’ni, uning yorug‘likni o‘tkazish va detallarni muhrlash imkoniyati yuqori. Old kamera sig‘imi 5 mp, apertura linzasi esa f/2.2.

Quyida ushbu hamyonbop Samsung smartfonida olingan tasvirlarga baho bering.

Daylight sample

Indoor shot

Indoor close-up shot

Close-up shot

Night shot 1

Night shot 2

Sample selfie

5.00 dyuymli Samsung Galaxy J5 Prime to‘liq metall korpusli. J5 Prime HD sig‘imli (720×1280 pikselli) displeyga ega. Galaxy J5 Prime chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan 4 yadroli protsessorda faoliyat ko‘rsatadi. Smartfonning doimiy xotirasi 16/32 GB hamda undagi microSD bo‘lmachachi 256 gigabaytgacha bo‘lgan xotira fleshkasini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjet 2 ta SIM kartani qo‘llab-quvvatlaydi. U xalqaro bozorda $230 dollardan sotilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!