Galaxy J7’ning “Max” talqini sotuvga chiqadi

Galaxy J7’ning “Max” talqini sotuvga chiqadi

Samsung kompaniyasi ommabop-hamyonbop modeli bo‘lgan “Galaxy J7″ning “Max” talqinini tayyorlamoqda. Bu — Galaxy J2 (2016)’dan keyingi orqa paneldagi bosh kamera moduli atrofi ogohlantirishlardan boxabar qiluvchi “Smart Glow” aqlli chirog‘iga ega ikkinchi smartfon bo‘lishi mumkin.

Samsung Galaxy J7 Max 2.5D shaklidagi yonlari bukik himoya shishasi bilan qoplangan 5.7 dyuymli Full HD ekran, 1.6 GGs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli MT6757V Helio P20 protsessori va Mali T880 video-kartasi, 4 GB tezkor hamda qo‘shimcha fleshka orqali 256 gigabaytgacha kengaytirish mumkin bo‘lgan 32 gigabaytli doimiy xotira, 3,300 mA soatli akkumulyatorga ega.

Muhim jihati, Samsung Galaxy J7 Max “J” turkumiga kiruvchi smartfonlar orasida f/1.7 o‘lchamli keng apertura linzasiga ega 13 megapikselli sensor bilan ta’minlangan ilk smartfon bo‘lishi mumkin. Bu — smartfon yorug‘lik past sharoitda ham yaxshi suratga olish imkoniyatiga ega, degani. Yana bir qiziq jihati — old paneldagi selfi-kamera uchun ham sig‘imi 13 MP bo‘lgan modul tanlangan. Har ikkala kamera LED fotochaqnog‘i bilan ta’minlanadi.

Android 7.0 Nougat operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydigan fabletda WiFi, Bluetooth, barmoq izlari skaneri, GPS, A GPS, Samsung Pay Mini kabi zamonaviy mobil texnologiyalar joriy qilinadi.

Samsung Galaxy J7 Max iyunning 2-haftasida 311 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!