Galaxy M hamda Galaxy A turkumining oltita modelida ishkal – «Hard reset» ham ish bermayapti!

  •   DiMaX
  •  1452
  •  22.06.2021 09:45

Galaxy M hamda Galaxy A turkumining oltita modelida ishkal – «Hard reset» ham ish bermayapti!

Hindistondagi ayrim Samsung smartfonlari foydalanuvchilari o‘z qurilmalarining nosoz ishlay boshlaganidan shikoyat qilishmoqda. Gadjetlar kutilmaganda qotib qolishi, o‘z-o‘zidan o‘chib-yonishi kabi holatlar kuzatilmoqda.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

Samsung hozircha bu vaziyat yuzasidan biror rasmiy izoh bergani yo‘q. Muammoli smartfonlarning aksariyati 10 nanometrlik Exynos 9611 protsessori, faqat Galaxy A50 modeli Exynos 9610 chipseti bazasiga qurilgan.

Muammolar quyidagi modellarda uchramoqda:

  1. Samsung Galaxy M30s
  2. Samsung Galaxy M31
  3. Samsung Galaxy M31s
  4. Samsung Galaxy A50
  5. Samsung Galaxy A50s
  6. Samsung Galaxy A51

Eng yomoni – smartfonlarni dastlabki sozlamalarga qaytarish – «Hard reset» usuli ham foyda bermayapti. Mazkur holat yuzasidan Samsung servis markazlariga murojaat etilganida, smartfonlarning ona platasini almashtirib berishni taklif qilishyapti. Kafolatli qurilmalar uchun bu xizmat bepul taqdim etiladi, kafolati bo‘lmagan devayslar uchun esa o‘rtacha 6000 rupiy (taxminan 81 AQSh dollari) miqdorida to‘lov qilishga to‘g‘ri keladi.

Darvoqe, Samsung kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatli servis markazlarining ro‘yxati hamda u yerlarda kafolat bo‘yicha qanday xizmatlar bepul ko‘rsatilishi ham sizni qiziqtirsa kerak.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.