Galaxy M seriyasidagi ilk 5G-smartfon hatto Galaxy A32 modelidan ham arzon chiqadi!

  •   DiMaX
  •  1365
  •  13.04.2021 11:52

Galaxy M seriyasidagi ilk 5G-smartfon hatto Galaxy A32 modelidan ham arzon chiqadi!

Samsung yaqinda o‘zining Galaxy M42 (yoki Galaxy M42 5G) smartfonini Geekbench servisida tekshirib ko‘rgan. Kecha esa unga bag‘ishlab tayyorlangan birinchi tizer ham internetga chiqqan, demak – uning taqdimoti yaqin.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng zo‘r smartfon (AnTuTu global reytingi, 2021 yil mart)

IANS nashri endi Galaxy M42 5G smartfonining sotuvga chiqish vaqti va narxi haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Samsung bu gadjetini tez orada rasman namoyish etib, shu oyning oxiridayoq Hindiston bozoriga chiqaradi.

Xabarga ko‘ra, Galaxy M42 uchun kompaniya 20 000 dan to 25 000 rupiygacha oraliqda narx belgilaydi, bu esa taxminan 266–330 AQSh dollariga teng keladi. Ya’ni, ushbu model janubiy koreyalik gigantning eng arzon 5G-smartfoni bo‘ladi.

Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: hozirda bu kompaniyaning beshinchi avlod uyali aloqa standartida ishlay oluvchi eng arzon smartfoni Galaxy A32 5G bo‘lib turibdi. Shu yilning 13 yanvarida taqdim etilgan bu devaysni Yevropada hozir 332 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotishmoqda.

Avvalroq sizib chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M42 smartfoni Galaxy A42 modeliga juda o‘xshash yoki uning aynan kloni bo‘ladi. Uning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan esa mana bu maqolamizda to‘liq tanishib chiqish mumkin.

O‘QING: Galaxy A32 4G taqdim qilindi: 5G-versiyadan arzon, lekin unisidan ham zo‘r!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.