Galaxy M turkumida yangi smartfon: 6000 mAh akkumulyator va Exynos 9611 chipli! (+video)

  •   DiMaX
  •  2161
  •  07.11.2020 16:04

Galaxy M turkumida yangi smartfon: 6000 mAh akkumulyator va Exynos 9611 chipli! (+video)

Samsung korporatsiyasi 18 mart kuni «Vattomonstr» laqabli Galaxy M21 smartfonini kutilganidan ham arzon narxda namoyish qilgan edi. Keyinroq esa uning Rossiya bozoriga mo‘ljallangan versiyasini kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi NFC chipi bilan chiqargan.

O‘QING: Samsung 7,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega navbatdagi smartfoni ustida ishlamoqda

Kompaniya endi uning yangilangan talqini – Samsung Galaxy M21s modelini taqdim etdi. Bu ikki gadjetning o‘zaro farqlarini quyidagi videoda solishtirib ko‘rsatishgan:

Yangi smartfonning korpusi o‘lchamlari 159,2x75,1x8,9 millimetrga teng, vazni esa 191 gramm keladi. Ekrani diagonaliga 6,4 dyuymlik bo‘lib, tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatda. S-AMOLED matritsali displey Infinity-U turiga mansub (tomchisimon kemtikli), tasvir aniqligi esa FullHD+ formatida, ya’ni 1080x2340 piksellik.

Samsung Galaxy M21s selfi ishqibozlariga yoqsa kerak: old kamera datchigi 32 megapiksellik bo‘lib, diafragmasi F/2,0 birlikka teng. Bosh kamerasi esa uchta (64, 8 va 2 MPlik) modulni o‘z ichiga olgan.

Galaxy M21s texnik ta’minoti asosini Exynos 9611 protsessori tashkil etadi. Samsung uni 4/64 gigabaytlik xotira bilan ta’minlagan va MicroSD-karta sloti ham o‘rnatgan.

O‘QING: TOP-10: O‘rta narxli eng zo‘r o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi, 2020 yil oktyabr)

Bu qurilma ancha «beli baquvvat» – batareyasining tok sig‘imi 6000 mA/soatga teng; u 15 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Smartfon One UI grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizimi bilan chiqarilgan.

Galaxy M21s korpusida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi, USB-C porti va orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud. Simsiz interfeyslardan esa 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11ac, Bluetooth 5.0 hamda GPS modullari qo‘llangan.

Samsung bu smartfoni uchun Hindiston bozorida 275 AQSh dollari miqdorida narx belgilagan.

O‘QING: O‘z narxi doirasida eng zo‘r smartfonlarning beshta reytingi (AnTuTu, 2020 yil oktyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!