Galaxy M10s'ning foydalanuvchi qo‘llanmasi paydo bo‘ldi

Galaxy M10s'ning foydalanuvchi qo‘llanmasi paydo bo‘ldi

Galaxy M10s'ning foydalanuvchi yo‘riqnomasi Samsung Hindiston veb-saytida paydo bo‘ldi. Bu esa gadjetning taqdimoti shu kunlarda bo‘lishidan darak beradi. Shu hafta Galaxy A50s Hindistonda taqdim qilinishi kerak, Galaxy M30s esa shundan bir hafta o‘tib namoyish qilinadi. Aftidan, Galaxy M10s bilan ham ikki smartfondan so‘ng ko‘p o‘tmay tanishamiz.

Nomidan ham ko‘rinib turibganidek, Galaxy M10s M10'ning takomillashtirilgan talqini bo‘ladi. Ikki qurilma o‘rtasidagi asosiy farq ularning ichki jihatlarida bo‘lib, M10s Exynos 7904, M10 esa Exynos 7870'da ishlaydi. 7904'ning bir juft CPU yadrosi yuqori darajada ishlasa, 7870 faqat samaradorlikka ixtisoslashgan. Har ikki smartfon 32GB hajmli ichki va 3GB operativ xotiraga ega bo‘ladi. Smartfon qadoqdan Android 9 Pie'da ishlaydi, keyinchalik Android 10'ga ham yangilanadi.

Foydalanuvchi qo‘llanmasida ko‘rsatib o‘tilganidek, M10s'da USB Type-C bo‘ladi (M10'da esa microUSB port). Lekin bundan boshqa yangi jihatlar ko‘rsatilmagan. Qurilma qo‘shkamera moduli, orqa panelga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri va 3.5mm audio jekka ham ega. Bir kun kelib Samsung quloqchinlar uchun tirqishni hamyonbop smartfonlaridan ham olib tashlaydi, lekin bu yaqin fursatlarda amalga oshadigan ko‘rinamydi. M10'ning akkumulyator sig‘imi 3 500 mA/soat bo‘lsa, M10s'ga kuchli protsessoriga mos 4 000 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Galaxy M10s qancha turishi va qachon sotuvga chiqishi hozircha noaniq. Lekin taqdimot o‘zini uzoq kuttirib qo‘ymasligi aniq. Tafsilotlar uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Samsung rasman Galaxy A10s, A20s, A30s va A50s narxlarini aytdi: atigi 150 dollardan boshlanadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!