Galaxy M20 ham namoyishdan oldin tasodifan Samsung saytida «ko‘rindi»!

  •   DiMaX
  •  2362
  •  11.01.2019 18:02

Galaxy M20 ham namoyishdan oldin tasodifan Samsung saytida «ko‘rindi»!

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarining taqdimot sanasini rasman aytdi. Ammo aksariyat iste’molchilar uning eng arzon – Galaxy M turkumidagi smartfonlariga ko‘proq qiziqishmoqda.

O‘QING: RASMAN: Eng arzon Galaxy M smartfoni 6 dyuymlik ekran va 3400 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Yaqindagina janubiy koreyalik texnogigant Galaxy M10 modeli haqidagi ayrim ma’lumotlarni tasodifan o‘z saytiga chiqarib, so‘ng darrov yashirib qo‘ygandi. Endi esa kompaniyaning Hindiston foydalanuvchilarini texnik qo‘llab-quvvatlash saytida Galaxy M20 smartfoni to‘g‘risidagi sahifa ham shu tarzda fosh bo‘lgan:

Ko‘rib turganingizdek, ushbu qurilma SM-M205F/DS model raqami ostida aks etgan. Afsuski, uning texnik xususiyatlari yozilmagan, insayderlar ulardan ammo ayrimlarini aytishgan.

O‘QING: Samsung Galaxy M smartfonlarining narxlari e’lon qilindi!