Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

  •   DiMaX
  •  2168
  •  07.02.2019 12:06

Galaxy M20’ning AnTuTu’dagi ko‘rsatkichi bois Xiaomi yana Samsung’ni kalaka qildi

Xiaomi kompaniyasining yaqinda taqdim etilib, Xitoyda sotila boshlagan Redmi Note 7 smartfoni juda yaxshi sotilyapti. Samsung ham unga qarshi kurashish uchun Galaxy M turkumida ikkita hamyonbop smartfon namoyish etib, kuni kecha bozorga chiqargan va biz ularning narxlari bilan tanishtirganmiz.

O‘QING: Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 7 reklamasida Galaxy M10 va M20’ni masxara qildi

Xiaomi kompaniyasining Hindiston bo‘linmasi kecha yana Samsung ustidan kuldi. Uning rasmiy Twitter-akkauntida e’lon qilingan postda Redmi Note 7 hamda kuni kecha savdoga chiqarilgan Galaxy M20 smartfonlari o‘zaro taqqoslangan.

Ko‘rib turganingizdek, bu yerda ikkala smartfonning AnTuTu servisidagi ko‘rsatkichlari o‘zaro solishtirilgan. Mazkur benchmarkda Qualcomm Snapdragon 660 chipli Redmi Note 7 modeli 143 ming ball olgan bo‘lsa, Exynos 7904 protsessorli Galaxy M20 ko‘rsatkichi atigi 123 ming ochkodan oshgan, xolos.

O‘QING: TOP-10: eng kuchli Android-smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2019 yil fevral)

Aytish kerakki, Samsung Galaxy M20 smartfonining 3/32 gigabaytlik xotiraga ega varianti Hindistonda 153 dollardan boshlanuvchi narxlarda sotilmoqda. Redmi Note 7 esa bu mamlakatda hali mart oyidan sotila boshlashi kutilyapti. Xitoyda uning 3/32 gigabaytlik talqini narxi 147 dollardan boshlanadi. Arzon bo‘lsa-da, u 48 megapiksellik bosh kameraga ega, janubiy koreyaliklarning hamyonbop smartfoni esa kamera imkoniyatlari bilan maqtana olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizdan ayrim Samsung smartfonlarini 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish, Xiaomi smartfonlarini esa 819 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda xarid qilish imkoni bor. Redmi Note 7 modelini esa hozircha faqat AliExpress’dan buyurtma orqali sotib olish mumkin.

O‘QING: Xiaomi’ga qarshi kurash: Samsung endi 118 dollardan boshlanuvchi Galaxy A smartfonlarini chiqaryapti!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!