Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

  •   DiMaX
  •  5487
  •  07.01.2019 16:21

Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Samsung kompaniyasining yangi turkumidagi arzon smartfonlari shu oydayoq rasman namoyish etilishi kutilmoqda. Ulardan Galaxy M10 hamda Galaxy M20 haqida birmuncha ma’lumotlar berganmiz. Germaniyaning Allaboutsamsung nashri Galaxy M30 modelining ayrim xususiyatlarini ma’lum qildi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy M30 keng formatli 6.38 dyuymlik ekranga ega. Tomchisimon «o‘yiq»li – Infinity-U turidagi mazkur displeyning tasvir aniqligi esa Full HD+ formatida bo‘ladi.

Ushbu modelning afzalliklaridan yana biri – akkumulyatorining naq 5000 mA/soatlik sig‘imga ega ekanligidir. Ayni shunisi arzon smartfonlar bozori uchun muhim jihatlardan hisoblanadi.

O‘QING: RASMAN: Eng arzon Galaxy M smartfoni 6 dyuymlik ekran va 3400 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Bundan tashqari, garchi hamyonboplar qatorida bo‘lsa-da, smartfonning bosh kamerasida naq uchta – 13 + 5 + 5 megapiksellik datchiklar qo‘llanadi. Selfilar uchun esa displey «kemtigi»da 16 megapiksellik yakka kamera joylangan.

Avvalgi «sizib chiqqan» xabarlarga ko‘ra, Galaxy M30 samaradorligini Exynos 7885 protsessori va 4 gigabaytlik tezkor xotira ta’minlaydi. Smartfon 64 va 128 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taqdim etiladi. Mazkur devays Android operatsion tizimining 8.1 Oreo talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

O‘QING: Samsung eng arzon smartfoni – Galaxy M10’ni taqdimotdan avval tasodifan «sotib qo‘ydi»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!