Galaxy M30 selfifonining taqdimoti yaqin: narxi va jihatlari haqida yangi ma’lumotlar

  •   DiMaX
  •  7836
  •  09.02.2019 07:37

Galaxy M30 selfifonining taqdimoti yaqin: narxi va jihatlari haqida yangi ma’lumotlar

Samsung kompaniyasining yangi joriy etilgan hamyonbop Galaxy M turkumida dastlab uchta smartfon bo‘lishi avvaldan ma’lum edi. Ulardan ikkitasi taqdim etilib, sotuvga ham chiqdi, endi esa Galaxy M30 modeliga navbati keldi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy M30 ham Geekbench’da «qo‘lga tushdi»: Exynos 7885 chipli va Android 8.1 Oreo tizimli!

Mazkur seriyaning ilk ikkita vakili Hindistonda namoyish etilgani va hozircha faqat shu o‘lka bozoriga chiqqanidan xabaringiz bor. Ushbu mamlakatning 91mobiles nashri esa, insayder Sudhanshu Ambhore’ga tayangan holda ularning uchinchisi haqidagi ma’lumotlarni ham oshkor etdi.

Avval tarqalgan xabarlarda Galaxy M30 smartfoniga Exynos 7885 protsessori o‘rnatilishi aytilayotgan edi, ammo endi aniqlik kiritilishicha, u Galaxy M20 modelida ham qo‘llangan Exynos 7904 chipi bazasida ishlaydi. Uning boshlang‘ich konfiguratsiyasi 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega.

O‘QING: Galaxy M30 arzon bo‘lsa-da, uchtalik kameraga va naq 5000 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Galaxy M30 gadjetining 6,38 dyuymlik ekrani 2220x1080 piksellik aniqlikda. Manbaga ko‘ra, uning korpusi o‘lchami 159x75,1x8,4 millimetrlik bo‘lib, vazni 175 grammga teng.

Samsung ushbu modelini arzon selfifon sifatida taqdim etadi: old kamerasi 16 megapiksellik optik datchikka ega, ob’yektiv diafragmasi esa – F/2,0. Smartfonning bosh kamerasi uch modulli: 13, 5 va 5 megapiksellik bo‘lib, diafragmalari tegishlicha F/1,9, F/2,2 hamda F/2,2’ga teng.

Darvoqe, Galaxy M30 modelida akkumulyator sig‘imi ham zo‘r – naq 5000 mA/soatlik! 91mobiles nashri uning narxini ham e’lon qilgan – taxminan 250 dollar. Ushbu qurilma qora va gradiyent ko‘k ranglarda xaridorlarga taklif etiladi. Uning taqdimot sanasi hozircha noma’lum, ammo Galaxy M10 va M20 modellari juda yaxshi sotilayotganini hisobga olsak, Samsung shu tezkorlikni tushirmaslik uchun ham uchinchi arzon modelini tez orada namoyish etsa kerak.

Global bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Terashop.uz’da «Bahoriy kayfiyat» aksiyasi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!